Asosiy materiallarga o‘tish

Kir yuvish mashinasi tagidagi qog‘ozchalar

Kir yuvish mashinasi tagidagi qog‘ozchalar

Yahovaning Shohidi sifatida suvga cho‘mganidan keyin Zarina Rossiyadan ona yurtiga, O‘rta Osiyoga qaytdi. U ikkita qizini haqiqatda o‘stirishga qaror qildi. Moliyaviy tomondan qiyin bo‘lgani uchun u bir xonali uyda ota-onasi, ukasi va uning xotini bilan birga yashardi. Uning ota-onasi bolalariga Muqaddas Kitobdagi haqiqatni o‘rgatishni man qilibdi. Shuningdek, Zarinaning qizlariga ham onasi bilan Muqaddas Kitob to‘g‘risida gaplashmaslikni aytishibdi.

Zarina qizlariga qanday qilib Yahova haqida o‘rgatishi mumkinligini ko‘p o‘ylabdi. (Hikmatlar 1:8) U Yahovaga sidqidildan ibodat qilib, Undan yo‘l-yo‘riq va donolik so‘rabdi. Keyin Zarina ibodatlariga muvofiq yo‘l tutib, qizlari bilan aylanishga chiqqanida ularga tabiat mo‘jizalari haqida gapirib bera boshlabdi. Ushbu qisqa sayrlar tufayli uning qizlarida Yaratuvchiga nisbatan qiziqish uyg‘onibdi.

Keyin Zarina «Muqaddas Kitob ta’limotlari» * kitobi yordamida qizlariga ko‘proq ta’lim berish yo‘lini o‘ylab topibdi. U qog‘ozchalarga kitobdagi xatboshilar va savollarni yozadigan bo‘libdi. Bundan tashqari qizlariga ma’lumotni yaxshiroq tushunishga ko‘maklashish uchun qo‘shimcha gaplarni ham yozib qo‘yar ekan. So‘ng bu qog‘ozchalarni qalam bilan birga vannaxonada turadigan kir yuvish mashinasining tagiga yashirar ekan. Qizlari u yerga kirganida xatboshilarni o‘qib, javoblarini yozib qo‘yishar ekan.

Ushbu usul yordamida Zarina qizlari bilan «Ta’limotlar» kitobining ikkita bobini tadqiq qilibdi. Keyin esa u qizlari bilan boshqa uyga ko‘chib o‘tibdi. U yerda qizlarini tarbiyalashga hech narsa to‘sqinlik qilmasdi. 2016-yil, oktyabr oyida uning ikkala qizi suvga cho‘mdi. Onasi ularga Xudo to‘g‘risidagi haqiqatni o‘rgatish uchun donolik va topqirlikni namoyon etganidan ular juda baxtiyor.

^ 3- x.b. Hozir ko‘pchilik «Muqaddas Kitob haqiqatlari» kitobidan foydalanadi.