Asosiy materiallarga o‘tish

Erkinlikni sevuvchilar «Yengilmas Armada» oldida

Erkinlikni sevuvchilar «Yengilmas Armada» oldida

2013-yil 6-iyun kuni butun dunyodan kelgan millionlab sayohlar, sharqiy Fransiyaning Ruandagi portida yig‘ildilar. Ular dunyodagi eng ulkan va hashamatli kemalar majmui hisoblangan «Yengilmas Armada» flotini tomosha qilish uchun bu yerlarga tashrif buyurishdi.

Dunyodagi ulkan va dabdabali dengiz kemalari, tabiati go‘zal Normandiyaning iloniziday daryosi bo‘ylab 120 km yo‘lni suzib o‘tgach, qirg‘oqqa 7 km qolganda langar tashlashdi. Endi ular bayram marosimiga tayyor. Tashrif buyurgan mehmonlar 10 kundan oshiq vaqt davomida kemada sayohat qilib, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan 45 xildagi yelkanli kemalarni bahuzur tomosha qilishlari mumkin edi.

Nima turli yoshdagi ko‘pgina insonlarni Armadani tomosha qilishga undadi? Ushbu tadbirning tashkilotchisi va asoschisining fikricha, «Yengilmas Armada»ni ko‘rishga kelganlar, “Dengiz devlariga” yaqinlashib, tushda bo‘lib kelgandek o‘zini his qilishadi. Darhaqiqat yosh-u qarilar, ulkan yelkanli kemalarni ko‘rganda, xayolan olis yerlarda sayohat qilib, «ozodlik qanotlari»da parvoz etgandek bo‘lishadi.

Minglab sayohlar, boshqa bir erkinlik, ya’ni Muqaddas Kitobda yozilgan haqiqat to‘g‘risida eshitishga muvaffaq bo‘lishdi (Yuhanno 8:31, 32). Ular o‘rta asrlardagi go‘zal Ruan shahrini va uning tor ko‘chalaridan yurib, atrofni tomosha qilishar ekan, mahalliy Yahova Shohidlarining yig‘iladigan ko‘rgazmasiga ham ko‘zlari tushardi. Bu ko‘rgazma bilan qiziqib kelgan barcha sayohlar-u dengizchilarga Muqaddas Kitobga asoslangan adabiyotlardan xohlaganini bepul olish taklif etilardi. Ko‘pchilik «Qo‘riqchi minorasi» jurnalining «Yuzxotirchiliksiz dunyo. Qachon?» nomli bosh maqolasiga qiziqish ko‘rsatishdi va istovchilar Muqaddas Kitobga asoslangan nutqni fransuz, ingliz va ispan tilida kelib eshitish uchun taklif etildi.

Mahalliy aholi bunday taklif uchun minnatdorchilik bildirdi. Bir kishi, ko‘rgazma yonida turgan Yahovaning Shohidlarini ko‘rib shunday dedi: «Ko‘chada sizlar bilan ko‘rishib turganimdan juda xursandman. Garchi men ta’limotlaringizni tan olmasam-da, e’tiqodida mahkam turgan insonlarni hurmat qilaman». Yoshi katta ikkita erkak, gavjum ko‘chada va’zgo‘ylik qilayotgan ikki yosh Yahovaning Shohidini ko‘rib, ularga shunday deyishdi: «Sizlar, bu ism bilan atalayotganingizdan faxrlansangiz bo‘ladi!»