Asosiy materiallarga o‘tish

TASODIFMI YOKI IJOD MAHSULIMI?

Meva pashshasining uchish qobiliyati

Meva pashshasining uchish qobiliyati

Pashshani o‘ldirishga uringanlar bu qanchalik qiyin bo‘lishi mumkinligini biladi. Yashin tezligidagi harakatlari tufayli bu hasharotlarni tutish oson emas.

Olimlar shuni kashf etdiki, pashshalarning bir turi, ya’ni drozofilasimonlar hatto bir soniyaga yetmagan vaqt ichida qiruvchi samolyot kabi manyovrlar qila oladi. «Ular dunyoga kelishi bilan mohirlik ila ucha oladi, — deb bo‘lishdi professor Maykl Dikkinson, — Bu xuddi yangi tug‘ilgan chaqaloqni qiruvchi samolyotning uchuvchi kursisiga o‘tkazish va bola uni qanday boshqarishni bilishi bilan tengdir».

Tadqiqotchilar pashshaning uchish harakatlarini suratga tushirib shuni aniqlashdiki, u har soniyada 200-marta qanot qoqar ekan. Shu bilan birga pashsha yo‘nalishini o‘zgartirishi va qochishi uchun uning birgina qanot qoqishi kifoya.

Ularning reaksiyasi qanchalik tez? Tadqiqotchilar shuni aniqlashdiki, meva pashshasining biron xavfni sezish qobiliyati shunchalik tezki, inson kiprik qoqishidan 50-marta tezroq. «Bu pashsha vaqtni juda aniq hisoblay oladi va qisqagina vaqt ichida qayerda xavf borligini hamda chap berish uchun qaysi tomonga uchish kerakligini aniqlashi mumkin»,— deb bo‘lishdi Dikkinson.

Meva pashshalari mittigina miyasi yordamida qay yo‘sin bunday harakatlarni amalga oshirishi tadqiqotchilar uchun sir bo‘lib qolmoqda.

Meva pashshasi bir soniyadan kamroq vaqt ichida yo‘nalishini o‘zgartirib xavfdan uchib keta oladi

Nima deb o‘ylaysiz? Meva pashshasining uchish qobiliyati evolyutsiya natijasida paydo bo‘lganmi? Yoki ijod mahsulimi?