20-QO‘SHIQ
Aziz O‘g‘ling berding
-
1. Sevgi-la, himmat-la,
Alloh, nuring sochding.
Bizni deb to‘lovdek
Zo‘r hadya berding.
Dildan xizmat qilib,
Aytgaymiz madh Senga.
Shohlik haqda xabar
Yoygaymiz har elga.
(NAQAROT)
Ey Yah, Seni maqtab,
Hamdlar biz kuylaymiz.
Aziz O‘g‘ling bergansan,
Ilalabad rahmat deymiz.
-
2. Rahming-la, mehring-la
Bizni, Rab, jalb etding.
Isming-la chorlab Sen,
O‘z do‘sting qilding.
Ajib sovg‘a berding,
Qurbon aylab O‘g‘ling.
Bizni deb u o‘ldi,
Hayot in’om etdi.
(NAQAROT)
Ey Yah, Seni maqtab,
Hamdlar biz kuylaymiz.
Aziz O‘g‘ling bergansan,
Ilalabad rahmat deymiz.
(XOTIMA)
Sevgi-la, himmat-la, Alloh, O‘g‘ling berding,
«Rahmat»,— deb aytgaymiz bu ulkan hadyang uchun.
(Shuningdek, Yuhan. 3:16; 15:13 ga qarang.)