118-QO‘SHIQ
«Imonimizga imon qo‘sh»
-
1. Alloh, hamon osiy banda erurmiz,
Shunga yomon ishga moyildir qalb.
Gunoh bizni asir etgay dushmandek,
Imonimiz mudom zaif aylab.
(NAQAROT)
Ey Yahova, bizga ko‘proq imon ber,
U sustlashsa, ato et O‘z ruhing.
Lutf ko‘rsatib, bizga ko‘proq imon ber
Sharaflamoq uchun ulug‘ isming.
-
2. Imon-la yashasak, sovrin olgaymiz,
Axir ma’quldir bu Senga, yo Rab.
Panoh bergay imon misli qalqondek,
Qo‘rquvlarni dildan nari haydab.
(NAQAROT)
Ey Yahova, bizga ko‘proq imon ber,
U sustlashsa, ato et O‘z ruhing.
Lutf ko‘rsatib, bizga ko‘proq imon ber
Sharaflamoq uchun ulug‘ isming.
(Shuningdek, Ibt. 8:21; Ibron. 11:6; 12:1 ga qarang.)