Zabur 22:1-31

  • Tushkunlik, so‘ngra hamd-u sano

    • «Allohim nima uchun meni tark etding?» (1)

    • «Ular libosim uchun qur’a tashladi» (18)

    • «Jamoat ichra Senga hamd-u sano aytaman» (22, 25)

    • Butun yer yuzi Tangriga topinadi (27)

Ijrochilar rahbari uchun ko‘rsatma. «Tonggi kiyik»*. Dovud sanosi. 22  Ey Xudoyim, mening Allohim, nima uchun meni tark etding?+ Nima sababdan meni xalos etish uchun kelmayapsan?Nega azob chekkanimdan qilgan faryodlarimni eshitmayapsan?+   Ey Tangrim, tun-u kun Seni chaqiraman,Ammo Sen javob bermaysan+.   Sen muqaddassan+,Isroil Senga hamd-u sano yog‘diradi.   Ota-bobolarimiz Senga tayanardi+,Ular Senga ishonardi, Sen ularni qutqarar eding+.   Ular Senga yolvorardi va omon qolardi,Ular Senga tayanardi va umidlari puchga chiqmas edi+.   Men bo‘lsam inson emas, bor-yo‘g‘i bir qurtman,Xalq ustimdan kulib, mendan jirkandi+.   Meni ko‘rganlarning bari masxara qiladi+.Ular istehzoli iljaygancha, boshlarini chayqab+:   «U Yahovaga tayangan ekan, qani, uni qutqarsin! Unga shunchalik aziz ekan, qani, U najot bersin!»+ — deydi.   Meni onam qornidan olib chiqqan+,Onam ko‘ksida menga xavfsizlik ato qilgan Sensan. 10  Tug‘ilganimdan buyon Sening qaramog‘ingdaman,Onam qornida bo‘lganimdan boshlab, Sen mening Xudoyimsan. 11  Mendan yiroqda turma, chunki kulfat yaqinlashib kelmoqda+,Zero, Sendan bo‘lak yordamchim yo‘q+. 12  Ko‘plab yosh buqalar qurshovida qoldim+,Bashanning kuchli buqalari meni o‘rab olgan+. 13  O‘ljasini tilka-pora qilish uchun bo‘kirayotgan sherday+,Ular menga qarshi og‘izlarini katta ochadi+. 14  Men xuddi suv kabi to‘kildim,Suyaklarim birikkan joylaridan chiqib ketdi. Qalbim mumga o‘xshab qoldi+,Ichimda erib ketdi+. 15  Kuchim tugadi, sopol idish parchasiday bo‘lib qoldim+,Tilim tanglayimga yopishib qoldi+,Sen meni o‘lim tuprog‘iga topshirmoqchisan+. 16  Dushmanlarim itlar kabi meni o‘rab oldi+,Ular jinoyatchilar to‘dasiday menga yaqinlashmoqda+,Sher kabi qo‘l-oyoqlarimga tashlanmoqda+. 17  Suyaklarim ko‘rinib qoldi+, Dushmanlarim ko‘zini uzmay menga qarab turibdi. 18  Ular kiyimlarimni o‘zaro bo‘lishib olib,Libosim uchun qur’a tashladi+. 19  Ammo Sen, ey Yahova, mendan uzoqda turma+. Sen kuch-qudratimsan, menga yordam berishga shoshil+. 20  Jonimni qilichdan qutqar,Bebaho hayotimni itlar changalidan xalos et+. 21  Meni sherning og‘zidan+, yovvoyi buqalarning shoxlaridan asra,Javob ber, meni omon saqla. 22  Ismingni birodarlarimga e’lon qilaman+,Jamoat ichra Senga hamd-u sano aytaman+. 23  Ey, Yahovadan qo‘rqadiganlar, Uni sharaflang! Ey, Yoqubning zurriyoti*, Uni ulug‘lang!+ Ey, Isroilning zurriyoti, Unga izzat-ikrom ko‘rsating! 24  Chunki U mazlumdan jirkanmadi, qayg‘usiga e’tiborsiz bo‘lmadi+,Yuzini undan yashirmadi+. Undan yordam so‘rab yolvorganida, U eshitdi+. 25  Katta jamoat ichra Senga hamd-u sano aytaman+,Sendan qo‘rqadiganlar orasida va’dalarimning ustidan chiqaman. 26  Kamtar* kishi yeydi va to‘yadi+,Yahovani izlaydiganlar Unga madh aytadi+. Ular hayotdan toabad mamnun bo‘lib yashasin. 27  Butun yer yuzi Yahovani yodga olib, Unga yuz buradi. Jamiki xalqlar Unga sajda qiladi+. 28  Zero, Yahova — Shohdir+,U xalqlar ustidan hukmronlik qiladi. 29  Yer yuzidagi barcha badavlat kishilar yeb-ichib, Unga sajda qiladi,Tuproqga qaytadiganlarning bari Uning oldida tiz cho‘kadi,Ularning hech biri o‘z hayotini* saqlab qola olmaydi. 30  Ularning nasli Unga xizmat qiladi,Kelgusi avlodga Yahova haqida aytib beradi. 31  Ular kelib Uning odilligi to‘g‘risida, Tug‘ilajak xalqga Uning ishlari haqida so‘zlab beradi.

Izohlar

Ehtimol, kuyni yoki musiqiy uslubni bildiradi.
So‘zma-so‘z «urug‘i».
Yoki «Muloyim, beozor».
Yoki «jonini».