Zabur 139:1-24
Ijrochilar rahbari uchun ko‘rsatma. Dovud sanosi. Qo‘shiq.
139 Ey Yahova, Sen meni o‘rganib chiqding, Sen meni bilasan+.
2 Qachon o‘tirib, qachon turishimdan xabardorsan+.
O‘y-fikrimni uzoqdan turib tushunasan+.
3 Yurganimda ham, yotganimda ham meni kuzatib turasan,Hamma yo‘llarim Senga ma’lumdir+.
4 Tilimga so‘z kelmay turib,Ey Yahova, Sen nima deyishimni allaqachon bilasan+.
5 Orqa va oldimdan meni qo‘riqlab turibsan,Qo‘lingni ustimga qo‘ygansan.
6 Bunday narsalarni aqlimga sig‘dirish qiyin.
Ular shunchalik yuksakki, ularni anglay olmayman+.
7 Sening ruhingdan qayerga ham qochib ketardim?!Meni ko‘rmasliging uchun qayerga ham yashirina olardim?!+
8 Agar osmonga ko‘tarilsam, Sen o‘sha yerda bo‘lasan,Qabrda* o‘zimga to‘shak solsam, o‘sha yerda ham meni topasan!+
9 Bordi-yu, eng olis dengiz bo‘yida yashash uchunTong qanotlarini olib uchib ketsam ham,
10 Hatto o‘sha yerda Sening qo‘ling meni yetaklaydi,O‘ng qo‘ling meni ushlab turadi+.
11 Agar: «Qorong‘ilik meni yashiradi!» — deb aytsam,
Meni chulg‘ab olgan tun yorishib ketadi.
12 Zulmat ham Sen uchun qorong‘i bo‘lmaydi,Tun esa kunduz kabi yorug‘ bo‘ladi+.Zulmat Sen uchun yorug‘lik singaridir+.
13 Axir buyraklarimni O‘zing yaratgansan-ku,Onam qornida meni parda bilan qoplagansan*+.
14 Seni madh etaman! Naqadar hayratli, ajoyib yaratilganman+.
Ijodlaring g‘aroyibdir+,Men buni juda yaxshi bilaman.
15 Men pinhon yaratilganimda,Onam qornida rivojlanganimda*Suyaklarim Sendan yashirin emas edi+.
16 Hali pusht shaklida bo‘lganimda ko‘zlaring meni ko‘rgan.Tanamdagi a’zolar vujudga kelmay turib,Ularning har birini,Ular qachon shakllanganini O‘z kitobingga yozib qo‘ygansan.
17 Sening fikrlaring men uchun qadrlidir!+
Ey Tangri, ular benihoya ko‘pdir!+
18 Ularni sanashga urinsam, qum zarralariday behisobdir+.
Uyqudan uyg‘onganimda, xayolimda hamon Sensan*+.
19 Ey Xudo, koshki yovuzni o‘ldirsang edi!+
Shunda zo‘ravonlar* mendan uzoqlashardi.
20 Ular yovuz niyat bilan Senga qarshi gapirayotgan,Ismingni noo‘rin tarzda tilga olayotgan dushmanlaringdir+.
21 Ey Yahova, Sendan nafratlanganlardan men ham nafratlanaman+,Senga qarshi isyon ko‘targanlardan jirkanaman+.
22 Ulardan nihoyatda nafratlanaman+,Ular mening ashaddiy dushmanlarimdir.
23 Ey Tangri, meni o‘rganib chiqib, yuragimni bilib ol+.
Meni tekshirib, tashvishli o‘y-fikrlarimdan xabardor bo‘l+.
24 Qarab ko‘r-chi, menda yomon bir moyillik bormikan?+Meni abadiyat yo‘lidan yetakla+.
Izohlar
^ Ibr. sheo‘l, ya’ni insoniyatning umumiy qabri. Lug‘atdagi «mozor» so‘ziga q.
^ Boshqa variant «meni to‘qigansan».
^ So‘zma-so‘z «yerning tubida to‘qilganimda».
^ Boshqa variant «hamon ularni sanayotgan bo‘laman».
^ Yoki «xunrezlar».