Mixo 5:1-15
5 «Ey, hujum ostida bo‘lgan qiz,Endi badaningni kes.Bizni qamal qilishyapti+,
Ular Isroil hakamlarining chakkasiga tayoq bilan uryapti+.
2 Ey Baytlahm-Efrata+,Sen Yahudodagi minglar* ichida bo‘lish uchun kichiklik qilasan,Ammo Isroilda irodamni bajaradigan hukmdor sendan chiqadi+.Uning kelib chiqishi qadim zamonlardan, azaliy kunlardan.
3 Homilador ayol tug‘maguncha,Xudo ularni tashlab qo‘yadi.
Hukmdorning qolgan birodarlari Isroil xalqiga qaytadi.
4 U turadi-da, Yahovaning qudrati bilan+,Tangrisi Yahovaning ulug‘vor ismi ila cho‘ponlik qiladi.
Ular xavfsizlikda yashaydi+.Chunki uning buyukligi yerning chekkalarigacha yetadi+.
5 U tinchlik keltiradi+.
Ossuriyaliklar yurtimizga bostirib kelsa, mustahkam minoralarimizga oyoq bossa+,Biz ularga qarshi yettita cho‘ponni, ha, beklar kabi boshqaradigan sakkizta kishini chiqaramiz.
6 Ular Ossuriya yurtini,Nimro‘d+ yurtining chegaralarini qilich bilan jazolaydi+.
Ossuriyaliklar yurtimizga bostirib kelsa, hududimizga oyoq bossa,Hukmdor bizni ossuriyaliklar qo‘lidan xalos qiladi+.
7 Yoqubning omon qolganlari ko‘p xalqlar ichidaYahovadan kelgan shudringday,O‘t-o‘langa quygan jaladay bo‘ladi.Ikkisi ham odamga bog‘liq emas,Ular insonni kutib o‘tirmaydi.
8 Yoqubning omon qolganlari millatlar ichida,Ko‘p xalqlar ichidaO‘rmon hayvonlari orasidagi sherday,Qo‘y podalari orasidagi yosh sherday bo‘ladi.Ularning orasidan o‘tib tashlanadi-da, tilka-pora qiladi.Ularni qutqaradigan hech kim bo‘lmaydi.
9 Qo‘ling dushmanlaring ustidan baland keladi,Barcha g‘animlaring yakson bo‘ladi».
10 Yahova shunday demoqda: «O‘sha kuniMen otlaringni yo‘q qilaman, aravalaringni esa sindirib tashlayman.
11 Yurtingdagi shaharlarni vayron qilaman,Qal’alaringni yakson qilaman.
12 Sen shug‘ullanayotgan sehr-joduga chek qo‘yaman,Ortiq senda sehrgarlar qolmaydi+.
13 O‘yma butlaringni hamda muqaddas toshlaringni* yo‘q qilaman,Endi hech qachon qo‘ling bilan yasagan narsalarga sajda qilmaysan+.
14 Muqaddas ustunlaringni*+ qo‘porib tashlayman,Shaharlaringni vayron qilaman.
15 Menga itoat etmagan xalqlardanQahr-g‘azab bilan o‘ch olaman».