Levilar 3:1-17

  • Tinchlik qurbonligi (1–17)

    • «Yog‘ yoki qonni iste’mol qilmanglar» (17)

3  Agar kimdir qoramolidan birortasini tinchlik qurbonligi sifatida keltirmoqchi bo‘lsa+, jonliq xoh erkak, xoh urg‘ochi bo‘lsin, nuqsonsizini Yahovaga olib kelsin.  U qurbonlik qilib keltiriladigan hayvonning boshiga qo‘lini qo‘ysin va jonliq uchrashuv chodirining kiraverishida so‘yilsin. Ruhoniylar bo‘lmish Horunning o‘g‘illari esa, qonni olib qurbongohning hamma tomoniga sachratib chiqishsin.  U tinchlik qurbonligining bir qismini Yahova uchun olovda kuydiriladigan nazr sifatida keltirsin+. Bular quyidagilar: ichaklarini qoplab turgan yog‘+, ichaklarning atrofidagi hamma yog‘,  ikkala buyragi va uni qoplab turgan yog‘, ya’ni sonlarining yonidagi yog‘. U buyraklar bilan birga jigardagi yog‘ni ham ajratib olsin+.  Horunning o‘g‘illari qurbongohdan tutun ko‘tarilishi uchun, bularning hammasini qurbongohda yonayotgan olov ustiga qo‘yilgan kuydiriladigan qurbonlik bilan birga kuydirishsin+. Bu — Yahova uchun olovda kuydiriladigan xush hidli nazrdir+.  Bordi-yu, qo‘y-echkilaridan birortasini Yahovaga tinchlik qurbonligi sifatida keltirmoqchi bo‘lsa, nuqsonsiz erkak yoki urg‘ochi hayvonni keltirsin+.  Agarda yosh qo‘chqorni nazr qilib keltirmoqchi bo‘lsa, uni Yahovaning oldiga olib kelsin.  U qurbonlik qilib keltiriladigan hayvonning boshiga qo‘lini qo‘ysin va jonliq uchrashuv chodirining oldida so‘yilsin. Horunning o‘g‘illari jonliqning qonini olib qurbongohning hamma tomoniga sachratib chiqishsin.  U tinchlik qurbonligining yog‘ini olib, Yahova uchun olovda kuydiriladigan nazr sifatida keltirsin+. U dumbasini umurtqasigacha kesib olsin, ichaklarini qoplab turgan yog‘ni, ichaklarning atrofidagi hamma yog‘ni, 10  ikkala buyragini va uni qoplab turgan yog‘ni, ya’ni sonlarining yonidagi yog‘ni ham olsin. Shuningdek, u buyraklar bilan birga jigardagi yog‘ni ajratib olsin+. 11  Ruhoniy bularning hammasini qurbongohda yegulik* sifatida, Yahova uchun olovda kuydiriladigan nazr qilib kuydirsin+. 12  Bordi-yu, takani nazr qilib keltirmoqchi bo‘lsa, uni Yahovaning oldiga olib kelsin. 13  U qurbonlik qilib keltiriladigan hayvonning boshiga qo‘lini qo‘ysin va jonliq uchrashuv chodirining oldida so‘yilsin. Horunning o‘g‘illari jonliqning qonini olib qurbongohning hamma tomoniga sachratib chiqishsin. 14  U qurbonligining bir qismini Yahova uchun olovda kuydiriladigan nazr sifatida keltirsin. Bular quyidagilar: ichaklarini qoplab turgan yog‘, ichaklarning atrofidagi hamma yog‘+, 15  ikkala buyragi va uni qoplab turgan yog‘, ya’ni sonlarining yonidagi yog‘. Shuningdek, u buyraklar bilan birga jigardagi yog‘ni ajratib olsin. 16  Ruhoniy bularning hammasini qurbongohda yegulik sifatida, olovda kuydiriladigan xush hidli nazr qilib kuydirsin. Yog‘ning hammasi Yahovaga tegishlidir+. 17  Hech qanday yog‘ yoki qonni iste’mol qilmanglar+. Bu, sizlar va avlodlaringiz uchun, asrlar davomida turar joylaringizda amal qilinadigan qoida bo‘lsin”».

Izohlar

So‘zma-so‘z «non», ya’ni tinchlik qurbonligidan Xudoga berilgan ulush.