Kolosaliklarga 3:1-25
3 Masih bilan birga tirilgan ekansizlar+, osmondagi narsalarga intilinglar. U yerda Masih Xudoning o‘ng tomonida o‘tiribdi+.
2 Yerdagi narsalar haqida emas+, balki samoviy narsalar haqida fikr yuritinglar+.
3 Chunki sizlar o‘lgansizlar va hayotingiz Alloh bilan birlikda bo‘lgan Masihning qo‘lidadir.
4 Hayotimiz bo‘lmish Masih+ o‘z ulug‘vorligini oshkor etganda, sizlar ham u bilan birga ulug‘vorlikda namoyon bo‘lasizlar+.
5 Shuning uchun, tana a’zolaringizdagi+ yerga xos zino*, ifloslik, tiyiqsiz shahvoniy hirs+, zararli istak va butparastlikka teng bo‘lgan ochko‘zlik kabi ehtiroslarni o‘ldiringlar.
6 Sababi, bu narsalar Tangrining g‘azabini keltiradi.
7 Sizlar ham bir vaqtlar shu narsalarga berilib, shunday yo‘l tutgansizlar+.
8 Endi esa g‘azab, jahl, yaramaslik+, haqoratli so‘zlarni o‘zingizdan soqit qilinglar+. Beadab gaplar+ og‘zingizdan chiqmasin.
9 Bir-biringizga yolg‘on gapirmanglar+. Eski o‘zligingizni+ ishlari bilan yechib tashlab,
10 Yaratuvchining tasviriga ko‘ra+ aniq bilim orqali yangilanib borayotgan yangi o‘zlikni kiyib olinglar+.
11 Sababi, unda na yunon, na yahudiy, na sunnat va na sunnatsizlik, na chet ellik, na skif*, na qul va na ozod bor. Ammo Masih hamma narsa va hamma narsadadir+.
12 Xullas, Xudo tomonidan tanlangan+ muqaddas va suyukli kishilar sifatida sizlar mehr-shafqat+, mehribonlik, kamtarlik*+, muloyimlik+ va sabr-toqat+ kabi yoqimli fazilatlarga burkaninglar.
13 Bir-biringizga chidamli bo‘linglar va hatto kimningdir boshqadan arz qilishga sababi bo‘lsa+, uni chin dildan kechirsin+. Yahova* sizlarni chin dildan kechirganidek, sizlar ham shunday yo‘l tutinglar+.
14 Bularning ustiga, insonlarni yetuk darajada birlashtiradigan+ sevgi fazilatiga burkaninglar+.
15 Masihning tinchligi qalblaringizda hukmron bo‘lsin+, chunki sizlar bir tanani tashkil etish uchun da’vat etilgansizlar. Shuningdek, minnatdor ekaningizni ko‘rsatinglar.
16 Masihning so‘zlari butun donolik bilan birga ichingizda to‘lib-toshsin. Xudoga hamdlar aytib, bir-biringizga sanolar-u yoqimli ma’naviy qo‘shiqlar bilan dalda* va ta’lim beringlar+. Yahovani* yuragingizda tarannum etinglar+.
17 Nimaiki aytsangiz yoki nimaiki qilsangiz, hammasini Hazratimiz Iso nomi bilan qilinglar. U orqali Otamiz Xudoga shukrona aytinglar+.
18 Siz xotinlar, Hazratimizning izdoshlariga xos ravishda erlaringizga bo‘ysuninglar+.
19 Siz erlar, xotinlaringizni sevinglar+ va ularga g‘azablanmanglar*+.
20 Siz farzandlar, har narsada ota-onangizga quloq solinglar+, chunki bu Hazratimizga ma’qul keladi.
21 Siz otalar, farzandlaringizning ruhi tushmasligi uchun, ularning g‘ashini keltirmanglar+.
22 Siz qullar, yerdagi xo‘jayinlaringizga bo‘ysuninglar+. Ammo buni odamlarga ma’qul kelishga intiladiganlar singari, xo‘ja ko‘rsinga emas, balki Yahovadan* qo‘rqib, sidqidildan bajaringlar.
23 Nimaiki qilsangizlar, uni odamlar uchun emas, balki Yahova* uchun qilgandek, bajonidil* ado etinglar+.
24 Chunki buning uchun Yahovadan* mukofot sifatida meros olishingizni bilasizlar+. Xo‘jayiningiz Masihga qul kabi xizmat qilinglar.
25 Yomonlik qilganga esa qilmishiga yarasha yomonlik qaytadi+, zero Xudo yuzxotirchilik qilmaydi+.
Izohlar
^ Yun. pornia. Lug‘atdagi «jinsiy axloqsizlik» iborasiga q.
^ Bu so‘z g‘oyat madaniyatsiz odamlarga ishlatilgan.
^ Yoki «o‘y-fikrda kamtarlik».
^ Yoki «nasihat qilib».
^ Yoki «qo‘pol muomala qilmanglar».
^ Lug‘atdagi «jon» so‘ziga q.