Ishayo 6:1-13

  • Yahovaning ma’badidagi vahiy (1-4)

    • «Muqaddas, muqaddas, muqaddasdir Yahova» (3)

  • Ishayoning og‘zi poklandi (5-7)

  • Ishayo topshiriq oladi (8-10)

    • «Men boraman! Meni yubor!» (8)

  • «Ey Yahova, qachongacha?» (11-13)

6  Shoh Uzziyo vafot etgan yili+ men vahiyda yuksak va ulug‘vor taxtda o‘tirgan Yahovani ko‘rdim+. Kiyimining etagi ma’badni to‘ldirgan edi.  Uning huzurida seraflar* turardi. Har bittasida oltitadan qanoti bor bo‘lib, ikkitasi bilan yuzini, ikkitasi bilan oyoqlarini berkitardi, ikkitasi bilan esa parvoz etardi.   Biri boshqasiga shunday deya xitob qilardi: «Muqaddas, muqaddas, muqaddasdir Qo‘shinlar Sarvari Yahova!+ Butun yer yuzi Uning ulug‘vorligiga to‘ladir».  Ularning hayqirig‘idan eshiklarning oshiq-moshiqlari titrab ketdi va uyni tutun qopladi+.   Shunda men: «Holimga voy! O‘limga mahkum bo‘ldim,Chunki men og‘zi nopok odamman,Og‘zi nopok insonlar orasida yashayman+.Axir men Shohni — Qo‘shinlar Sarvari Yahovaning O‘zini ko‘rdim-ku!» — dedim.  Shu payt, seraflardan biri oldimga uchib keldi. Uning qo‘lida otashkurak bilan qurbongohdan+ olingan cho‘g‘+ bor edi.  Cho‘g‘ni labimga tegizib: «Mana, bu sening labingga tegdi, Endi aybingdan forig‘ bo‘lding,Gunohing yuvildi»,— dedi.  Keyin Yahovaning: «Kimni yuboray? Biz uchun kim boradi?»+ — degan ovozini eshitdim. O‘shanda: «Men boraman! Meni yubor!»+ — dedim.   U esa javoban dedi: «Borib, bu xalqga: “Tinglashga tinglaysizlar,Ammo tushunmaysizlar.Ko‘rishga ko‘rasizlar,Biroq hech narsani o‘rganmaysizlar”+,— deb ayt. 10  Bu xalqning qalbini tosh+,Qulog‘ini esa og‘ir qilgin+,Ko‘zini yopgin,Toki ko‘zi bilan ko‘rmasin,Qulog‘i bilan eshitmasin,Qalbi bilan fahmlamasin,Shifo topmoq uchun o‘z yo‘llaridan qaytmasin»+. 11  Bunga men: «Ey Yahova, qachongacha?» — deb so‘radim. U esa dedi: «Shaharlar kimsasiz xarobaga aylanib,Uylar esa huvullab qolmaguncha,Yurt vayronaga aylanib, tashlandiq bo‘lmaguncha+, 12  Yahova insonlarni badarg‘a qilmaguncha+,Butun yurt xarobazorga aylanmaguncha shunday bo‘ladi. 13  Biroq yurtda xalqning o‘ndan bir qismi qoladi, ammo katta daraxt va eman daraxti kabi yondirib yuboriladi. Ular chopib tashlanganda to‘nkasi qolgani kabi, uning ham to‘nkasi qoladi. Bu to‘nka muqaddas zurriyot* bo‘ladi».

Izohlar

So‘zma-so‘z «urug‘».