Ishayo 52:1-15
52 Ey Sion+, uyg‘on! Uyg‘onib kuchga to‘l!+
Ey Quddus, muqaddas shahar, chiroyli liboslarni kiy+.
Chunki sunnatsiz, nopok kishi senga boshqa kirmaydi+.
2 Ey Quddus, o‘rningdan turib, ustingdagi tuproqni qoq.
Ey, Sionning asir qizi, bo‘yningdagi arqonni olib tashla+.
3 Yahova shunday demoqda:
«Sizlar bepul sotildingiz+,Pul to‘lanmay qutqarilasiz»+.
4 Oliy Hukmdor Yahova demoqda:
«Avval xalqim Misrga borib, musofir bo‘lib yashadi+.So‘ng Ossuriya besabab unga jabr-zulm o‘tkazdi».
5 «Xo‘sh, endi nima qilishim kerak?» — demoqda Yahova.
«Xalqim bepul olib ketildi,
Ular ustidan hukm yuritganlar g‘olibona qichqirdi+,— demoqda Yahova,—To‘xtovsiz, kecha-yu kunduz ismimga hurmatsizlik ko‘rsatdi+.
6 Shu bois, xalqim ismimni bilib oladi+.O‘sha kuni ular, gapirgan Men ekanimni bilib oladi.
Ha, bu Menman!»
7 Tog‘lar osha xushxabarni e’lon qilib yurganning qadamlari naqadar go‘zal!+U tinchlik haqida jar solib+,Yaxshilik to‘g‘risida xushxabar keltirmoqda.U najot xabarini e’lon etib,Sionga: «Tangring Shoh bo‘ldi!»+ — demoqda.
8 Quloq sol! Soqchilaring baqirmoqda.
Ular bir ovozdan quvonib hayqirmoqda,Chunki ular Yahova Sionni qaytarib kelayotganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rmoqda.
9 Ey, Quddus xarobalari, shodlaning, bir ovozdan quvonch ila hayqiring+.Zero, Yahova O‘z xalqiga tasalli berib+, Quddusni to‘lov evaziga qutqardi+.
10 Yahova butun xalqlar ko‘z o‘ngida muqaddas kuchini namoyon etadi+.Yerdagi har bir kishi Allohimizning g‘alabasini ko‘radi+.
11 Keting, keting! U yerni tark eting+, harom narsaga tegmang+.
Uning orasidan chiqib+, o‘zingizni pok saqlang,Ey, Yahovaning uyidagi anjomlarni ko‘tarib yurganlar+.
12 Sizlar vahimaga tushmay, chiqib ketasiz,Hech kimdan qochmaysiz.Zero, Yahova oldingizda boradi+,Isroil Xudosi ortingizda soqchi kabi bo‘ladi+.
13 Xizmatkorim+ farosat ila ish tutadi.
U yuksaltiriladi,Martabasi ortib, balandga ko‘tariladi+.
14 Ko‘pchilik unga qarab hayratga tushardi.(Chunki uning tashqi ko‘rinishi boshqalarnikidan,Mahobatli qiyofasi odamzodnikidan ko‘ra ko‘proq buzilgan edi).
15 U ko‘pgina xalqlarni lol qoldiradi+.
Shohlar uning oldida og‘izlarini yopadi+.Chunki ular bexabar bo‘lgan narsalarni ko‘radi,
Eshitmagan narsalariga diqqat qaratadi+.