Ishayo 42:1-25

  • Xudoning xizmatkori va topshirig‘i (1-9)

    • Mening ismim — Yahova (8)

  • Yahovaga yangi qo‘shiq kuylang (10-17)

  • Isroil ko‘r va kar (18-25)

42  Ana, Men qo‘llab-quvvatlaydigan xizmatkorim!+ Men uni tanladim+, undan mamnunman!+ O‘z ruhimni unga yog‘diraman+,U xalqlarga adolat keltiradi+.   U baqirmaydi, qattiq gapirmaydi,Ko‘chada ovozi eshitilmaydi+.   U bukik qamishni sindirmaydi,Lipillayotgan pilikni ham o‘chirmaydi+, U sadoqat ila adolat keltiradi+.   U yer yuzida adolat o‘rnatishda bo‘shashmaydi+, holdan ham toymaydi.Orollar uning qonunini kutmoqda.   Yer yuzida yurganlarga hayot* ato etgan+,Samolarni yaratib, ularni yoyib yuborgan+,Yerni va undagi ne’matlarni yozgan+,Odamzodga nafas bergan Buyuk Zot+,Haq Tangri Yahova shunday demoqda:   «Men, Yahova, odilligim haqqi seni chaqirdim,Qo‘lingdan mahkam ushladim. Seni himoyalayman, seni xalqlar uchun ahd+,Millatlar uchun yorug‘lik qilib beraman+.   Sen ko‘rlarning ko‘zini ochasan+,Tutqunlarni bandilikdan ozod etasan, Zulmatda o‘tirganlarni zindondan olib chiqasan+.   Men Yahovaman. Bu — Mening ismim.O‘z ulug‘vorligimni hech kimsa bilan,Menga atalgan madhlarni o‘yma butlar bilan bo‘lishmayman+.   Mana, avval aytilganlar amalga oshdi,Endi esa yangilarini e’lon qilyapman. Ular bajo bo‘lmay turib sizlarga oshkor etyapman»+. 10  Ey, dengizchilar-u savdogarlar,Ey, orollar-u unda yashovchilar+,Yahovaga yangi qo‘shiq kuylang+,Yerning chetlariga qadar Uni tarannum eting+. 11  Sahro va undagi shaharlar+,Kedar+ makon qilgan ovullar hayqirsin. Qoyali joylarda yashovchilar quvonchdan xitob qilsin.Ular tog‘ cho‘qqilaridan qichqirsin. 12  Yahovaning ulug‘vorligini ta’riflasin,Orollarda Uni maqtasin+. 13  Yahova bahodirday otlanadi+, Askar+ kabi g‘ayratini uyg‘otadi. U hayqiradi, ha, jangovar ovozda baqiradi,Dushmanlaridan kuchliroq ekanini namoyon etadi+. 14  «Men uzoq vaqt jim turdim. Sukut saqlab, O‘zimni tutdim. Endi esa to‘lg‘oq tutgan ayolday ingrayman,Nafasim qisilib hansirayman. 15  Tog‘-u tepaliklarni yakson qilib,Undagi o‘t-o‘lanni quritaman. Daryolarni orollarga aylantiraman.Qamishli ko‘llarni esa qaqshataman+. 16  Ko‘rlarni ular bilmaydigan yo‘ldan yetaklayman+,Notanish so‘qmoqlardan olib yuraman+. Ular oldidagi zulmatni yorug‘likka aylantiraman+,O‘nqir-cho‘nqir joylarni tekislayman+. Men buni ular uchun qilaman, ularni aslo tark etmayman». 17  O‘yma butlarga tayanadiganlar,Quyma butlarga*: «Sizlar xudolarimizsiz»,— deydiganlarOrtga chekinib, sharmanda-yu sharmisor bo‘ladi+. 18  Ey karlar, quloq solinglar!Ey ko‘rlar, tikilib qaranglar!+ 19  Mening xizmatkorimday ko‘r,Yuborgan xabarchimday kar bormi? Mukofotini olgan kishiday ko‘r,Yahovaning xizmatkoriday ko‘r bormi?+ 20  Ko‘zing ko‘p narsani ko‘radi-yu, e’tibor bermaysan. Qulog‘ing eshitadi-yu, tinglamaysan+. 21  Yahova O‘z adolati haqqiQonunni yuksaltirish, ko‘klarga ko‘tarishdan zavq oladi. 22  Ammo bu xalq talon-toroj qilinib talandi+,Chuqurlikka tashlandi, zindonband etildi+. Ular tunab ketildi, lekin hech kim ularni qutqarmadi+,Talon-toroj etilganda, hech kim: «Ularni qaytarib ber!» — demadi. 23  Orangizda buni eshitadigan kim bor? Kim e’tibor qaratib, kelajak uchun saboq oladi? 24  Yoqubni talon-toroj qildirgan,Isroilni bosqinchilar qo‘liga bergan kim? Yahova emasmi?! Chunki ular Unga qarshi gunoh qildi. Uning yo‘llaridan yurishdan bosh tortib,Qonunlariga bo‘ysunmadi+. 25  Shu bois, Alloh ularga qahrini sochdi,G‘azablanib jang olovini ular ustiga to‘kdi+. Olov atrofdagi bor narsani yutib yuborsa-da, ular parvo qilmadi+. Jang olovi ularga qarshi lovullasa-da, yuragiga yaqin olmadi+.

Izohlar

So‘zma-so‘z «ruh».
Yoki «Metall haykallarga».