Ibroniylarga 2:1-18

  • Avvalgidan ko‘ra diqqatli bo‘lish (1-4)

  • Hamma narsa Isoga tobe qilingan (5-9)

  • Iso va birodarlari (10-18)

    • Ularning najot Rahbari (10)

    • Rahmdil oliy ruhoniy (17)

2  Demak, imondan uzoqlashib ketmaslik uchun+, eshitganlarimizga ayniqsa diqqatli bo‘lishimiz darkor+.  Agar farishtalar orqali aytilgan kalom*+ o‘zgarmas bo‘lib, har qanday qilmish va itoatsizlik uchun adolatli jazo belgilangan bo‘lsa+,  unda shu qadar ulug‘ najotni rad etsak, qanday qilib jazodan qutula olamiz?+ Axir boshidan Hazratimiz orqali bu najot haqida aytilgan bo‘lib+, uning so‘zlarini eshitganlar tomonidan biz uchun tasdiqlangan.  Shuningdek, Alloh ham alomatlar, mo‘jizalar, qudratli ishlar qilish+ va muqaddas ruhni O‘z irodasiga ko‘ra xizmatchilariga yog‘dirish bilan shohidlik bergan+.  Zero biz aytayotgan bo‘lajak yer yuzini+ Xudo farishtalarga tobe qilmagan.  Aksincha, bir kishi quyidagicha shohidlik bergan: «Inson nedirki, uni yodga olasan? Inson o‘g‘li nedirki, unga g‘amxo‘rlik qilasan?+  Sen uni farishtalardan bir oz past qilib, shon-sharaf va ulug‘vorlikni unga toj qilib kiygizding. Qo‘llaring mahsuli ustidan hokimlikni unga berding.  Borliqni unga tobe qilib oyog‘i ostiga qo‘yding»+. Tangri barcha narsani unga tobe qildi+, unga tobe qilmagan hech narsa qolmadi+. Ammo unga hamma narsa tobe qilinganini biz hozircha ko‘rmayapmiz+.  Biroq farishtalardan bir oz past qo‘yilgan Iso+ o‘limga duchor bo‘lgani uchun, unga shon-sharaf va ulug‘vorlik toji kiydirilganini ko‘ryapmiz+. Allohning inoyati har bir insonga ko‘rsatilsin deya, u o‘limga ro‘baro‘ bo‘lgan+. 10  Hamma narsa Xudoning ulug‘vorligi uchundir va U orqali vujudga kelgan. U ko‘p o‘g‘illarni ulug‘vorlikka ega qilib+, ularning najoti Rahbarini+ azoblar orqali mukammallikka erishtirishni+ ma’qul ko‘rdi. 11  Muqaddas qilgan ham, muqaddas etilganlar+ ham bir Otadandir+. Shunday ekan, muqaddas qilgan kimsa ularni «birodarlarim»+, deb atashdan uyalmaydi. 12  U: «Ismingni birodarlarimga e’lon qilaman, jamoat ichra Senga hamd-u sano aytaman»+,— demoqda. 13  Bundan tashqari: «Unga tayanaman»+,— deb aytyapti. Shuningdek: «Mana, men va Yahova* menga ato etgan bolalarim»+,— deb qo‘shib qo‘yyapti. 14  «Bolalar» qon va tanadan iborat bo‘lgani uchun, u ham qon va tanadan iborat inson bo‘lib kelgan+. U o‘limga duchor qiladiganni+, ya’ni Iblisni+ yo‘q qilish 15  hamda o‘limdan qo‘rqib, bir umr qullikda bo‘lganlarni ozod etish maqsadida kelgan+. 16  Axir u farishtalarga emas, Ibrohim payg‘ambarning zurriyotiga*+ yordam bermoqda. 17  Ana shu bois, u har tomonlama «birodarlariga» o‘xshab qolishi kerak edi+. Shundagina u xalqning gunohlari uchun+ yarashtiruvchi qurbonlik*+ keltira oladigan rahmdil va ishonchli oliy ruhoniy bo‘la olardi. 18  U sinovni boshdan kechirayotib azob chekkani uchun+, sinovga duch kelayotganlarga ham yordam berishga qodir+.

Izohlar

Ya’ni Musoning Tavrot kitobi.
So‘zma-so‘z «urug‘iga».
Yoki «gunohlarni qoplaydigan qurbonlik».