Doniyor 7:1-28
7 Bobil shohi Valtasar+ hukmronligining birinchi yili Doniyor o‘z yotog‘ida tush hamda vahiylar ko‘rdi+. So‘ngra tushini qalamga olib+, hammasini batafsil yozdi.
2 Doniyor dedi:
«Tunda vahiy ko‘rib yotganimda, birdaniga bepoyon dengiz+ uzra to‘rt tomondan qattiq shamol esa boshladi.
3 Dengizdan bir-biriga o‘xshamaydigan to‘rtta bahaybat hayvon+ chiqib keldi.
4 Birinchisi sherga o‘xshardi+. Uning burgutnikiday qanotlari bor edi+. Men qarab turganimda, uning qanotlari uzib tashlandi. So‘ngra u yerdan ko‘tarilib, xuddi odamday ikki oyoqga turg‘izildi va unga inson yuragi berildi.
5 Keyin yana bir hayvonni, ayiqga o‘xshagan ikkinchi hayvonni ko‘rdim+. U bir oyog‘ini ko‘tarib, uchta qovurg‘ani tishlab turardi. Unga: “Qani bo‘l, to‘yguncha go‘sht ye!” — deyildi+.
6 So‘ng boshqa bir hayvonni, qoplonga o‘xshagan hayvonni ko‘rdim+, ammo uning to‘rtta boshi va orqasida qushlarnikiday to‘rtta qanoti bor edi+. Unga boshqarish huquqi berildi.
7 Bundan keyin men tunda ko‘rgan vahiyda to‘rtinchi hayvonni — qo‘rqinchli hamda vahimali hayvonni ko‘rdim. U g‘ayritabiiy kuchga ega bo‘lib, katta temir tishlari bor edi. U barcha narsani yutib yuborar, g‘ajib tashlar, qolganini esa oyoqlari bilan toptardi+. U o‘zidan oldingi hayvonlardan farq qilib, o‘nta shoxi bor edi.
8 Uning shoxlariga qarab turganimda, ularning orasidan boshqa bir shoxcha o‘sib chiqdi-da+, avvalgi uchta shoxi esa uzib tashlandi. Shoxchaning insonnikiga o‘xshagan ko‘zlari, manmanlik bilan gapiradigan og‘zi bor edi+.
9 Kuzatishda davom etdim, taxtlar o‘z o‘rniga qo‘yildi va Azaliy Nuroniy+ O‘z taxtiga o‘tirdi+. Uning libosi qorday oq+, sochlari esa oppoq junday edi. Taxti olov alangasiday, g‘ildiraklari otashin olovday edi+.
10 Uning taxtidan olovli daryo oqib kelardi+. Ming-minglar Uning xizmatida bo‘lib, huzurida lak-lak* farishtalar turardi+. Sud majlisi boshlandi+, kitoblar ochildi.
11 O‘sha o‘sib chiqqan shox manmanlik bilan gapirayotgan so‘zlarini+ eshitdim va qarashni davom ettirdim. So‘ng hayvon o‘ldirilib, tanasi yonib turgan olovga tashlandi-da, yo‘q qilindi.
12 Qolgan hayvonlardan+ boshqarish huquqi tortib olinib, umrlari muayyan bir muddatga uzaytirildi.
13 Tunda vahiy ko‘rib yotganimda, inson o‘g‘liga+ o‘xshash bittasi osmon bulutlari bilan kelayotgan edi. Unga Azaliy Nuroniy+ huzuriga kirishga izn berildi va uni o‘sha Zotning yoniga keltirishdi.
14 Unga barcha xalqlar, millatlar va turli tilda gapiradiganlar xizmat qilishi uchun+, unga hukmdorlik+, shon-sharaf+ hamda saltanat berildi. Uning hukmdorligi abadiy bo‘lib, unga aslo chek qo‘yilmaydi, shohligi yo‘q qilinmaydi+.
15 Shunda men, Doniyor, ko‘rgan vahiydan qo‘rqib, ruhim tushdi+.
16 Buning asl ma’nosini so‘ramoqchi bo‘lib, o‘sha yerda turganlarning bittasiga yaqinlashdim. U menga javob qaytarib, bularning ma’nosini tushuntirdi:
17 “To‘rtta bahaybat hayvon+ yer yuzidan chiqadigan to‘rtta podshohni bildiradi+.
18 Ammo shohlik Xudoyi Taoloning muqaddas zotlariga+ beriladi+ va ular toabad, ha, abadulabad unga ega bo‘lishadi”+.
19 Shunda boshqa hayvonlardan farq qilgan to‘rtinchi hayvon to‘g‘risida ko‘proq bilishni istadim. U nihoyatda dahshatli bo‘lib, tishlari temirdan, tirnoqlari misdan edi. U barcha narsani yutib yuborar, g‘ajib tashlar, qolganini esa oyoqlari bilan toptardi+.
20 Boshidagi o‘nta shox+ hamda avvalgi uchta shox+ o‘rniga o‘sib chiqqan shox haqida bilgim keldi. Bu shoxning ko‘zlari, manmanlik bilan gapiradigan og‘zi bor bo‘lib, boshqa shoxlardan ko‘ra kattaroq edi.
21 Bu shox muqaddas zotlarga qarshi jang qilib+, ulardan ustun kelayotganini kuzatib turganimda,
22 Azaliy Nuroniy+ keldi-da, Xudoyi Taoloning muqaddas zotlari+ foydasiga hukm chiqardi, muqaddas zotlar shohlikka ega bo‘ladigan vaqt yetib kelgan edi+.
23 U menga shunday dedi: “To‘rtinchi hayvon yer yuzida paydo bo‘ladigan to‘rtinchi shohlikni bildiradi. Bu shohlik boshqa shohliklardan farq qilib, butun yer yuzini yutib yuboradi, uni toptab ezib tashlaydi+.
24 O‘nta shox esa shu shohlikdan kelib chiqadigan o‘nta podshohni anglatadi. Ulardan so‘ng boshqa biri kelib chiqib, avvalgilaridan farq qilib turadi va uchta podshohni o‘ziga bo‘ysundiradi.+
25 U haq Taologa qarshi so‘zlar gapirib+, Xudoyi Taoloning muqaddas zotlariga tinimsiz zulm o‘tkazadi. U muddat hamda qonunni o‘zgartirmoqchi bo‘ladi va ular uning qo‘liga bir muddat, ikki muddat* va yarim muddatga* beriladi+.
26 Sud majlisi boshlanib, uni batamom yo‘q qilib tashlash uchun boshqarish huquqi undan tortib olindi+.
27 Shohlik, hukmdorlik va osmon ostidagi barcha shohliklar hashamati Xudoyi Taoloning muqaddas xalqiga+ berildi. Ularning shohligi mangu shohlikdir+, jami hukumatlar ularga xizmat qilib, itoat etadi”.
28 Ko‘rgan va eshitganlarim shu bilan o‘z nihoyasiga yetdi. Men, Doniyor, o‘y-fikrlarimdan shu qadar tashvishga tushdimki, rangim oqarib ketdi. Ammo bularni dilimga tugib qo‘ydim».