Shohlar uchinchi kitob 8:1-66

  • Ahd sandig‘i ma’badga olib kelinadi (1-13)

  • Sulaymonning xalqga murojaati (14-21)

  • Sulaymonning ma’bad bag‘ishlovidagi ibodati (22-53)

  • Sulaymon xalqni duo qiladi (54-61)

  • Qurbonliklar va bag‘ishlash marosimi (62-66)

8  So‘ng Dovud shahridan, ya’ni Siondan+ Yahovaning ahd sandig‘ini olib kelish uchun+ shoh Sulaymon Isroilning oqsoqollarini, barcha Isroil o‘g‘illarining qabila yo‘lboshchilarini va xonadonlar boshlarini+ Quddusda yig‘di+.  Butun Isroil xalqi yetanim* oyida, ya’ni yettinchi oyda bayramga*+ shoh Sulaymonning huzurida yig‘ildi.  Isroil oqsoqollarining barchasi kelganda, ruhoniylar ahd sandig‘ini ko‘tarib jo‘nashdi+.  Ular Yahovaning ahd sandig‘i, uchrashuv chodiri+ va u yerdagi hamma muqaddas anjomlarni olib kelishdi. Ruhoniylar bilan levilar ularni ko‘tarib borishdi.  Shoh Sulaymon va uning huzuriga kelgan butun Isroil jamoasi ahd sandig‘ining oldida yig‘ilib, hisobiga yetib bo‘lmaydigan qo‘y va qoramolni qurbonlikka keltirishdi+.  So‘ng ruhoniylar Yahovaning ahd sandig‘ini+ uyning eng ichki xonasi, Eng muqaddas xonaga olib kirib, karublarning qanotlari ostiga qo‘yishdi+.  Ularning qanotlari ahd sandig‘i turgan joy ustida yozilgan bo‘lib, ahd sandig‘i va xodalariga soya solib turardi+.  Xodalar+ shu qadar uzun ediki, ularning uchi eng ichki xona oldidagi Muqaddas xonadan ko‘rinib turardi, ammo tashqaridan ko‘rinmas edi. Ular hozirgacha o‘sha yerda.  Ahd sandig‘ida ikkita tosh lavhadan bo‘lak hech narsa yo‘q edi+. Muso ularni Xorevda, Yahova isroilliklarni Misrdan olib chiqib+, ular bilan ahd qilganida+ sandiq ichiga solgan edi+. 10  Ruhoniylar Muqaddas xonadan chiqqanda, Yahovaning uyini+ bulut qopladi+. 11  Bulut qoplagani sababli, ruhoniylar u yerda turib xizmat qila olishmadi. Chunki Yahovaning uyi Yahovaning ulug‘vorligiga to‘lgan edi+. 12  O‘sha payt Sulaymon: «Ey, Yahova! Sen qora bulut ichra maskan qilishingni aytgansan+. 13  Men Sen uchun hashamatli bir uy, Sen abadiy yashaydigan makon bunyod etdim»+,— dedi. 14  So‘ng shoh xalq tomonga o‘girildi va tik turgan butun Isroil jamoatini duo qildi+. 15  U shunday dedi: «Isroil Xudosi Yahovaga madhlar bo‘lsin! Zero, U otam Dovudga O‘z og‘zi bilan va’da berib, uni O‘z qo‘li bilan bajardi. 16  U: “Xalqim Isroilni Misrdan olib chiqqan kundan buyon ismim ulug‘lansin deb uy qurilishi uchun Isroilning biron-bir qabilasidagi shaharni tanlamadim+, lekin Isroil xalqimni boshqarish uchun Dovudni tanladim”,— degan edi. 17  Otam Dovud Isroil xalqi Tangrisi Yahovaning ismiga atab uy bunyod etishni ko‘nglida niyat qilgan edi+. 18  Biroq Yahova otam Dovudga: “Ismimga atab uy qurishni dilingga tugib qo‘ygan ekansan, bu juda soz. 19  Ammo sen bu uyni bunyod etmaysan. Pushti kamaringdan bo‘lgan o‘g‘ling Mening ismimga atab uy quradi”+,— deb aytgan edi. 20  Yahova O‘z so‘zida turdi. Yahova va’da berganiday, men otam Dovudning o‘rniga Isroil taxtiga o‘tirdim va Isroil Xudosi Yahovaning ismiga atab uy barpo etib+, 21  u yerda ahd sandig‘i uchun joy tayyorladim+. Sandiq ichida ikkita tosh lavha bor va ularda Yahova ota-bobolarimizni Misrdan olib chiqib, ular bilan qilgan ahdi yozilgan». 22  Keyin Sulaymon butun Isroil jamoati ko‘z o‘ngida Yahovaning qurbongohi qarshisida turib, qo‘llarini ko‘kka ko‘tardi+. 23  U shunday dedi: «Ey, Isroil Tangrisi Yahova! Yer-u osmonda Senga o‘xshash Xudo yo‘q+. Sen ahdingga sodiqsan, Senga butun qalbi bilan xizmat qilayotganlarga+ mehr-sadoqat ko‘rsatasan+. 24  Sen O‘z xizmatkoring, otam Dovudga bergan va’dangga vafo qilding. O‘z og‘zing bilan va’da qilganingni bugun O‘z qo‘ling bilan bajarding+. 25  Endi, ey, Isroil Xudosi Yahova! Xizmatkoring, otam Dovudga bergan va’dangda tur. Sen shunday degansan: “Agar o‘g‘illaring Mening oldimda sen kabi o‘z yo‘liga diqqatli bo‘lib yursa, nasling toabad Isroil taxtida o‘tiradi”+. 26  Ey, Isroil Xudosi! O‘tinaman, xizmatkoring, otam Dovudga bergan va’dang amalga oshsin. 27  Alloh yerda yasharmidi?!+ Ey Xudovand, osmon, ha, bepoyon samo Seni sig‘dira olmasa+, men bunyod etgan uy nima bo‘libdi?!+ 28  Yo Tangrim Yahova! Xizmatkoring ibodatiga, iltifot ko‘rsatishingni so‘rab yolvorganiga quloq tut. Xizmatkoring bugun oldingda turib qilayotgan iltijosini tingla. 29  Ko‘zlaring tun-u kun mana shu uyga qaratilgan bo‘lsin. Axir: “Mening ismim u yerda bo‘ladi”+,— degan eding-ku! Xizmatkoring bu joyga yuz burib qilgan ibodatini eshit+. 30  Xizmatkoring va xalqing Isroil bu joyga qarab iltifot ko‘rsatishingni so‘rab yolvorganida tingla. Osmondagi makoningdan+ turib eshit, quloq solib bizni kechir+. 31  Kimdir yaqiniga qarshi gunoh qilsa va qasam ichsa*, qasamini bajarishga mas’ul bo‘ladi. U qasam mas’uliyati ostida bu uyning qurbongohi oldiga kelsa+, 32  osmondan turib eshitgin va xizmatkorlaringga hukm chiqargin. Yovuz odamni aybdor, odil insonni beayb deb e’lon qil. Yovuzning qilmishini o‘z boshiga sol, odil insonni esa odilligiga yarasha mukofotla+. 33  Isroil xalqing Senga qarshi gunoh qilgani uchun dushman tomonidan tor-mor etilganida+, yoningga qaytib, ismingni ulug‘lasa+, iltifot ko‘rsatishingni so‘rab, bu uyda ibodat qilsa+, 34  osmondan turib quloq sol va xalqing Isroil gunohini kechirib, ularni Sen ota-bobolariga bergan yurtga qaytar+. 35  Ular Senga qarshi gunoh qilgani dastidan+ yomg‘ir yog‘dirmay+, osmonni yopib qo‘yganingda, ular bu joyga qarab ibodat qilishsa va ismingni ulug‘lashsa, Sen ularni itoat ettirganing uchun gunoh qilishni to‘xtatishsa+, 36  osmondan turib eshitgin. Xizmatkorlaring bo‘lmish xalqing Isroil gunohidan kech va ular yurishi kerak bo‘lgan to‘g‘ri yo‘l haqida ularga ta’lim berib+, xalqingga meros qilib bergan yurtingga yomg‘ir yog‘dir+. 37  Agar yurtda ocharchilik+, o‘lat yoki garmsel bo‘lsa, zang kasali*+, ochofat chigirtkalar galasi yopirilsa, yurtdagi biron shaharni dushmanlar qamal qilsa yoki yana boshqa musibat yo kasallik paydo bo‘lsa+, 38  har qanday inson yoki xalqing Isroil (chunki har bir kishi qalbidagi dardini o‘zi biladi)+ bu uyga qarab qo‘llarini ko‘tarib ibodat qilsa yoki iltifot ko‘rsatishingni so‘rasa+, 39  osmondan, makoningdan turib+ quloq solgin va gunohidan o‘tib+, biron chora ko‘r. Har bir odamni barcha ishlariga yarasha taqdirla+, chunki qalbida nimalar kechayotganini bilasan (har bir inson yuragida nima borligini faqat Sen bilasan)+. 40  Shunda ular Sen ota-bobolarimizga bergan yurtda butun umr Sendan qo‘rqib yashashadi. 41  Xalqing Isroildan bo‘lmagan biron kishi Sening isming uchun uzoq yurtdan kelib+, 42  bu uyga qarab ibodat qilsa, (chunki ular buyuk isming+, qudratli qo‘ling va kuchli bilaging haqida eshitishadi) 43  osmondan, makoningdan turib+ tingla va tilaklarining barini bajo keltir. Toki yer yuzidagi barcha odamlar Sening ismingni bilib, Isroil xalqing kabi Sendan qo‘rqishsin+. Men qurgan bu uy Sening isming bilan atalganini hammaga bildir. 44  Ey Yahova, xalqingni dushmanlariga qarshi qayerga bo‘lmasin jang qilishga yuborsang+, O‘zing tanlagan shaharga+ va men ismingga atab qurgan uyga qarab+ ibodat qilsa+, 45  osmondan turib ularning ibodatini, iltifot ko‘rsatishingni so‘rab qilgan yolvorishini eshit va odil hukm chiqar. 46  Ular Senga qarshi gunoh qilishsa (chunki gunoh qilmaydigan odam yo‘q)+, Sen darg‘azab bo‘lib, ularni dushman qo‘liga topshirsang, dushmanlar esa ularni uzoq yoki yaqin yurtiga asir qilib olib ketsa+, 47  ular o‘sha yurtda aql-hushlarini yig‘ib olishsa+ va oldingga qaytib+: “Biz gunoh qildik, yomon ishga qo‘l urdik, qabihlik qildik”+,— deb iltifot ko‘rsatishingni so‘rab yolvorishsa+, 48  hamda asir qilib olib ketilgan yurtda butun qalbi va butun vujudi bilan Senga qaytib+, O‘zing ota-bobolariga bergan yurtga, Sen tanlagan shaharga va ismingga atab men qurgan uy tomonga qarab ibodat qilishsa+, 49  osmondan, makoningdan turib+ ularning ibodati va iltifot ko‘rsatishingni so‘rab qilgan yolvorishini eshitib, ularga odil hukm chiqar. 50  Xalqing Senga qarshi qilgan gunohlari va barcha qilmishlarini kechir. Ularni asir qilganlarning yuragini yumshat, toki ular rahm-shafqat ko‘rsatishsin+ 51  (chunki ular — Sen Misrdan, olovli o‘choqdan* olib chiqqan xalqing+ va mulkingdir+). 52  Xizmatkoring va xalqing Isroil iltifot ko‘rsatishingni so‘rab qilgan yolvorishiga nazar sol+, har qachon Senga murojaat qilganida eshit+. 53  Boisi, ey, Oliy Hukmdor Yahova, Sen ota-bobolarimizni Misrdan olib chiqqach, xizmatkoring Muso orqali e’lon qilganingday, ularni yer yuzidagi barcha xalqlardan ajratib, mulk qilib olgansan»+. 54  Sulaymon Yahovaning qurbongohi oldida tiz cho‘kib, qo‘llarini osmonga ko‘tarib+, ibodatda Yahovadan iltifot ko‘rsatishini tilagach, o‘rnidan turdi. 55  So‘ng u butun Isroil jamoatini baland ovozda duo qilib, dedi: 56  «Alloh Yahovaga sharaflar bo‘lsin! U va’da qilganiday, Isroil xalqiga tinchlik-xotirjamlik berdi+, xizmatkori Muso orqali va’da qilgan yaxshi narsalarning birontasi bajarilmay qolmadi+. 57  Tangrimiz Yahova ota-bobolarimiz bilan bo‘lganiday, bizga ham yor bo‘lib+, bizni tashlab ketmasin va tark etmasin+. 58  Qalbimizni O‘ziga moyil qilsin+, toki U ota-bobolarimizga amal qilishni buyurgan amrlari, farmonlari va hukmlariga rioya etib, Uning barcha yo‘llaridan yuraylik. 59  Yahovadan iltifot ko‘rsatishini so‘ragan ushbu so‘zlarimni Tangrimiz Yahova kecha-yu kunduz yodida tutsin. Men, xizmatkori va Isroil xalqi uchun har kuni qancha kerak bo‘lsa, shuncha odil hukm chiqarsin. 60  Yer yuzidagi hamma xalqlar bilsinki, Yahova haq Tangridir+. Undan boshqa Xudo yo‘q!+ 61  Iloyim, bugungi kungacha bo‘lganiday, butun qalbingiz bilan+ Allohimiz Yahovaga xizmat qiling. Uning farmonlari bo‘yicha yurib, amrlarini bajaring». 62  So‘ng shoh va butun Isroil xalqi Yahovaga atab ko‘p qurbonliklar keltirishdi+. 63  Sulaymon Yahovaga tinchlik qurbonligi+ sifatida 22 000 qoramol va 120 000 qo‘y keltirdi. Shunday qilib, shoh va hamma isroilliklar Yahova uyining ochilish marosimini o‘tkazishdi+. 64  O‘sha kuni shoh Yahovaga atalgan uyning old tomonidagi hovlining o‘rta qismini muqaddas qilib, u yerda kuydiriladigan qurbonliklar, don nazrlari va tinchlik qurbonliklarining yog‘li joylarini keltirdi. Sababi, Yahovaning oldidagi mis qurbongoh+ juda kichik bo‘lib, kuydiriladigan qurbonliklar, don nazrlari va tinchlik qurbonliklarining yog‘li+ joylarini sig‘dira olmadi. 65  Sulaymon butun Isroil — Levo-Xomatdan* Misr vodiysigacha*+ bo‘lgan joylardan kelgan buyuk jamoat bilan birga Tangrimiz Yahovaning oldida 7 kun, keyin yana 7 kun, jami bo‘lib 14 kun bayram nishonladi+. 66  Keyingi* kun u odamlarni tarqatib yubordi. Ular Xudo unga baraka berishini tilab, Yahova O‘z xizmatkori Dovud bilan xalqi Isroilga qilgan barcha yaxshiliklaridan yuraklari shodlikka to‘lib+, quvonib uylariga qaytishdi.

Izohlar

Ya’ni Chaylalar bayrami.
Yoki «jabrlanuvchi uni qarg‘asa». Ya’ni qasam ichgan kishi soxta qasam bersa yoki uni bajarmasa, aytilgan qarg‘ish so‘zlari amalga oshadi.
Yoki «mog‘or».
Yoki «temir eritadigan pechdan».
Yoki «Xomatning ostonasidan».
So‘zma-so‘z «Sakkizinchi», ya’ni ikkinchi yetti kunlik muddatdan keyingi kun.