Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

5-savol

Muqaddas Kitobda qanday xabar yozilgan?

«Men sen bilan ayol orasiga va sening zurriyoting bilan uning zurriyoti orasiga adovat solaman. U sening boshingni ezib tashlaydi, sen esa uning tovonini chaqasan».

Ibtido 3:15

«Sening zurriyoting orqali yer yuzidagi barcha xalqlar baraka topadi, chunki sen Mening aytganlarimga quloq solding».

Ibtido 22:18

«Shohliging kelsin. Osmonda bo‘lgani kabi, yerda ham Sening irodang bajo bo‘lsin».

Matto 6:10

«O‘z navbatida, tinchlik beruvchi Xudo yaqinda sizlarga Shaytonni ezib tashlash huquqini beradi».

Rimliklarga 16:20

«Barcha narsa unga tobe qilinganidan so‘ng, O‘g‘il ham unga barcha narsani tobe qildirgan Allohga tobe bo‘ladi. Toki Alloh barchaning yagona Hukmdori bo‘lsin».

1 Korinfliklarga 15:28

«Ibrohimga va uning zurriyotiga va’dalar berilgandi. “Zurriyotlariga” deya... Masih ko‘zda tutilgan. Agar Masihga tegishli bo‘lsangizlar, unda sizlar chinakamiga Ibrohimning zurriyoti, va’daga ko‘ra merosxo‘rsizlar».

Galatiyaliklarga 3:16, 29

«Endi dunyo ustidan shohlik qilish Rabbimiz va Uning Masihiga tegishlidir. U abadulabad hukm suradi».

Vahiy 11:15

«Shunday qilib, butun yer yuzini yo‘ldan ozdirib yurgan buyuk ajdaho, Iblis va Shayton deb atalgan almisoq ilon o‘z farishtalari bilan birga yer yuziga otildi».

Vahiy 12:9

«Farishta ajdahoni, ya’ni Iblis va Shayton deb atalmish almisoq ilonni tutib, uni 1 000 yilga kishanlab qo‘ydi».

Vahiy 20:2