Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

15-DARS

Nega Xudo haqida bilim olishni to‘xtatmaslik kerak?

Nega Xudo haqida bilim olishni to‘xtatmaslik kerak?

1. Muqaddas Kitobni o‘rganishni davom ettirish sizga qanday foyda keltiradi?

Muqaddas Kitobning asosiy ta’limotlarini qisqacha ko‘rib chiqish Xudovand Yahovaga bo‘lgan sevgingizni mustahkamlagan bo‘lsa kerak. Bu sevgini parvarishlab turish lozim. (1 Butrus 2:2) Agar Alloh haqida bilim orttirib, Uning Kalomini tadqiq qilishda davom etsangiz, abadiy yashash umidiga ega bo‘lasiz. Yuhanno 17:3; Yahudo 21 ni o‘qing.

Xudo to‘g‘risida ko‘proq bilib olganingiz sayin, imoningiz mustahkamlanib boradi. Imon esa Allohning roziligini olishga ko‘maklashadi. (Ibroniylarga 11:1, 6) U sizni tavba qilishga va hayotingizga kerakli o‘zgarishlar kiritishga undaydi. Havoriylar 3:19 ni o‘qing.

2. Xudo haqidagi bilimlaringiz boshqalarga qanday foyda keltirishi mumkin?

Yahova bilan o‘zgacha munosabatlarni rivojlantira olasiz

Bilib olganlaringizni boshqalar bilan baham ko‘rish istagi paydo bo‘lishi tabiiy, chunki biron yangilikni kimgadir aytib berish hammaga ham yoqadi. Tadqiqni davom ettirsangiz, Yahovaga hamda xushxabarga nega ishonishingizni Muqaddas Kitob yordamida tushuntirishni o‘rganasiz. Rimliklarga 10:13–15 ni o‘qing.

Ko‘plar xushxabarni dastlab o‘rtoqlariga yoki qarindoshlariga aytadi. Xushmuomala bo‘ling. Ularga: «E’tiqodingiz noto‘g‘ri»,— deyish o‘rniga, Xudoning va’dalari haqida aytib bering. Shuni unutmangki, odamlarga so‘zlaringiz emas, balki namunali xulq-atvoringiz ko‘proq ta’sir qiladi. 2 Timo‘tiyga 2:24, 25 ni o‘qing.

3. Oldingizda qanday imkoniyat paydo bo‘ladi?

Allohning Kalomini o‘rganish ma’nan o‘sishingizga ko‘maklashadi. Natijada Yahova bilan o‘zgacha munosabatlarni rivojlantira olasiz. Hatto Uning oila a’zosi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 2 Korinfliklarga 6:18 ni o‘qing.

4. Ma’nan o‘sish uchun qanday qadamlar qo‘yishingiz kerak?

Ma’nan o‘sishni xohlasangiz, Allohning Kalomini o‘rganishda davom eting. (Ibroniylarga 5:13, 14) Yahovaning Shohidlariga murojaat qilib, siz bilan «Muqaddas Kitob haqiqatlari» nomli kitob yordamida tadqiq o‘tishlarini so‘rang. Xudoning Kalomidan ko‘proq bilim olganingiz sayin hayotingiz mazmunga to‘ladi. Zabur 1:1–3; 73:27, 28 ni o‘qing.

Xushxabar manbai baxtiyor Tangri Yahovadir. Uning xalqiga qo‘shilsangiz, U bilan yaqin munosabatga ega bo‘la olasiz. (Ibroniylarga 10:24, 25) Yahovani mamnun qilishda davom etib, siz haqiqiy hayot — abadiy hayotga erishasiz. Alloh bilan do‘stlashishga hech nima teng kela olmaydi! 1 Timo‘tiyga 1:11; 6:19 ni o‘qing.