Nihoyat pok topinish tiklandi!

Hizqiyo kitobida pok topinish tiklanishiga diqqatimizni qaratadigan ko‘plab bashoratlar bor. Ular bizga qanday taalluqli?

Yetakchi kengashdan xat.

Ushbu adabiyot Yahovaning buyuk va muqaddas ismini ulug‘lagan holda Unga topinish qaroringizni mustahkamlashini chin dildan istaymiz.

Maxsus imkoniyatlarning tushuntirilishi

Ramkalar va davriy chiziqlarda keltirilgan qo‘shimcha ma’lumot yordamida tushunchangizni chuqurlashtira olasiz.

1-BOB

«Allohing Yahovaga sajda qil»

Adan bog‘ida isyon ko‘tarish orqali Shayton nafaqat Yahovaning hukmdorligini yoki boshqarish huquqini shubha ostiga qo‘ydi, balki pok topinishga ham hujum qildi.

2-BOB

Alloh ularning «in’omlarini ma’qul ko‘rgan»

Imonli kishilarning xatti-harakatlari Xudoga ma’qul keladigan pok topinishning to‘rtta muhim talabini oshkor etyapti.

3-BOB

«Men Xudodan kelgan vahiyni ko‘ra boshladim»

Hizqiyo ko‘rgan birinchi vahiysidan hangu mang bo‘lib qoladi. Bu vahiy Xudoning hozirgi sadoqatli xizmatchilari uchun ko‘p narsani anglatadi.

4-BOB

«To‘rt yuzli tirik mavjudotlar» nimani bildiradi?

Yahova samodagi ko‘rinmas narsalarning mohiyatini tushuna olishimizga ko‘maklashish uchun Hizqiyoga vahiy ko‘rsatgan.

5-BOB

«Qanday yovuzliklar va jirkanch ishlar qilinayotganini ko‘rib qo‘y»

Hizqiyo xalq ma’nan ayanchli ahvolda ekanini ko‘rsatuvchi to‘rtta dahshatli sahnani kuzatadi.

6-BOB

«Mana endi kuningiz bitdi»

Hizqiyo bashoratni tasvirlash jarayonida Yahovaning Quddusga qarshi g‘azabi namoyon bo‘lgan.

7-BOB

Xalqlar «Men Yahova ekanimni bilib olishadi»

Yahovaga qarshi chiqqan va Uning xalqini ta’qib qilib, ularga salbiy ta’sir ko‘rsatgan xalqlar o‘z qilmishlarining oqibatlaridan qochib qutula olishmaydi. Isroilning o‘sha xalqlar bilan o‘zaro munosabatlaridan qanday amaliy saboqlar olishimiz mumkin?

8-BOB

«Ularning ustidan bir cho‘ponni... qo‘yaman»

Xudo Hizqiyoni kelajakda pok topinishni abadiy tiklaydigan va Uning qo‘ylariga mehr ila g‘amxo‘rlik qiladigan bo‘lajak Boshqaruvchi va Cho‘pon, ya’ni Masih haqidagi bashoratni yozishga ilhomlantiradi.

9-BOB

«Ularni yakdil qilaman»

Bobilda asirlikda bo‘lgan yahudiylarga berilgan bashoratlarning biz uchun ahamiyati bormi?

10-BOB

«Tirilasizlar»

Hizqiyo qurigan suyaklarga to‘la vodiy haqida vahiy ko‘radi. Suyaklar tiriladi. Bu nimani anglatadi?

11-BOB

«Seni... qo‘riqchi qilib tayinladim»

Qo‘riqchining qanday vazifasi va mas’uliyatlari bor? U qanday ogohlantirishni e’lon qilyapti?

12-BOB

«Ularni bir xalq qilaman»

Yahova xalqini birlashtirishni va’da qilmoqda.

13-BOB

«Ma’badni tasvirlab ber»

Hizqiyoning ma’bad haqidagi vahiysining ma’nosi qanaqa?

14-BOB

«Bu, ma’bad bilan bog‘liq qonundir»

Hizqiyoning ma’bad haqidagi vahiysidan surgunda bo‘lgan yahudiylar qanday amaliy saboqlar olgan bo‘lishi mumkin? Bugungi kunda ushbu vahiydan qanday amaliy saboqlar olishimiz mumkin?

15-BOB

«Sening fohishaligingga chek qo‘yaman»

Hizqiyo hamda Vahiy kitoblarida qalamga olingan fohishalar haqidagi bayonotlardan nimani o‘rganishimiz mumkin?

16-BOB

«Odamlarning peshonasiga belgi qo‘y»

Hizqiyoning davridagi qutuladigan sadoqatli kishilarga qanday qilib belgi qo‘yilgani biz uchun ahamiyatga ega.

17-BOB

«Go‘g, Men senga qarshi chiqaman»

Mago‘g yurtidagi Go‘g kim? U bostirib kiradigan yurt nimani bildiradi?

18-BOB

«G‘azabim alanga oladi»

Go‘gning hujumi Yahovaning g‘azabini qo‘zg‘aydi va U O‘z xalqini himoya qiladi.

19-BOB

«Daryo oqib o‘tgan joyda hamma narsa jonlanadi»

Nega Hizqiyoning ma’baddan oqib chiqayotgan daryo haqidagi bashoratli vahiysi o‘tmishda amalga oshgan, hozir bajo bo‘lyapti va kelajakda amalga oshadi deya olamiz?

20-BOB

«Yurtni meros sifatida taqsimlab bering»

Vahiyda Yahova Hizqiyo va u bilan surgunda bo‘lganlarga va’da qilingan yurtni Isroil qabilalari orasida taqsimlash borasida ko‘rsatmalar beradi.

21-BOB

«Shahar “Yahova u yerda”, deb nomlanadi»

Hizqiyo shahar haqida ko‘rgan vahiydan va shaharning mazmunga to‘la nomidan qanday saboqlar olishimiz mumkin?

22-BOB

«Allohga sajda qil»

Ushbu adabiyotning maqsadi — faqatgina Tangri Yahovaga topinish qarorimizni mustahkamlashdir.

Oydinlik kiritilgan tushunchalar

Nega Hizqiyo kitobidagi ayrim bashoratlar borasidagi tushunchamiz o‘zgardi?

1A RAMKASI

Topinish bu nima?

Topinishga qanday aniq ta’rif bersa bo‘ladi? Hizqiyo kitobida qaysi mavzu muhim o‘rin egallagan? Pok topinish nimani o‘z ichiga oladi?

1B RAMKA

Hizqiyo kitobining mazmuni

Bu kitobni ham xronologik tartibda, ham mavzu bo‘yicha o‘qish mumkin.

2A RAMKASI

Hizqiyoning bashoratlarini tushunish

Hizqiyoning kitobida vahiylar, misollar, masallar va tasvirlash jarayoni tilga olingan. Ularning barchasi kelajakda amalga oshadigan ilohiy xabarlardan iborat.

2B RAMKASI

Hizqiyo — hayoti va yuz bergan voqealar

Hizqiyoning davrida boshqa payg‘ambarlar ham xizmat qilgan. Isroil xalqining tarixidagi muhim voqealar Hizqiyoning hayoti davomida yuz bergan.

3A RAMKASI

Bobilga olib boruvchi uzoq yo‘l

Surgun qilinganlar Yahudodan Bobilgacha qaysi yo‘ldan yurgan bo‘lishi mumkin?

4A RAMKASI

«Tirik mavjudotlarga qarab turganimda»

Qadimgi Ossuriya va Bobil yurtlari bo‘ylab topilgan bahaybat haykallar va Hizqiyo vahiyda ko‘rgan to‘rtta mavjudot orasida qanday farq bor?

5A RAMKASI

«Ey inson o‘g‘li, buni ko‘ryapsanmi?»

Hizqiyo ma’bad va uning hovlisida to‘rtta jirkanch narsani ko‘radi.

6A RAMKASI

«Soching bilan soqolingni qir»

Ilohiy ilhom ostida Hizqiyo yaqinda Quddusda yuz beradigan voqealarni tasvirlash jarayonida ko‘rsatgan.

7A RAMKASI

Quddus atrofidagi xalqlar

Yahudo va atrofidagi yurtlar ko‘p janglar o‘tgan maydon bo‘lgan.

7B RAMKASI

Hizqiyo kitobidagi asosiy iboralar

Ayrim o‘zgacha iboralar ushbu bashoratli kitobda o‘nlab marotaba takrorlanadi.

8A RAMKASI

Masihga oid bashorat — ulkan kedr daraxti

Hizqiyo 17-bobda yozilgan jumboqning ma’nosi nima?

8B RAMKASI

Masihga oid uchta bashorat

Hizqiyo Xudo xalqining bo‘lajak yetakchisi Dovudning vorisi sifatida boshqarish uchun qonuniy huquqqa ega bo‘lishini bashorat qilmoqda.

9A RAMKASI

Yahova va’dalarini bajaradi — qadimda

Xudo Hizqiyoni ozodlik va tiklanish haqidagi beshta va’dani yetkazishga undagan.

9B RAMKASI

Nega 1919-yil?

Nima uchun Xudoning xalqi aynan 1919-yili Buyuk Bobil tutqunligidan ozod bo‘lgan deb ayta olamiz?

9V RAMKASI

Yahova va’dalarini bajaradi — bizning zamonimizda

Qay yo‘sin Xudoning ayrim va’dalari ikki marta amalga oshgan?

9G RAMKASI

Asirlik va tiklanish haqidagi bashoratlar

Yahudiylar qadimgi Bobilda asirlikda bo‘lgani bilan bog‘liq bashoratlar, masihiylar jamoati Buyuk Bobil asirligiga tushganida kengroq miqyosda amalga oshgan.

9D RAMKASI

Barcha narsani «o‘z o‘rniga qo‘yadigan» vaqt

Havoriy Butrus Masih Shoh bo‘lishidan boshlab Ming yillik boshqaruvning oxirigacha davom etadigan davr to‘g‘risida bashorat qilishga ilhomlantirilgan.

10A RAMKASI

Pok topinish asta-sekin tiklandi

Hozirda olib borilayotgan va’zgo‘ylik ishi yo‘lga qo‘yilishiga qaysi voqealar asos bo‘ldi?

10B RAMKASI

«Qurigan suyaklar» va «ikkita shohid» — ular o‘zaro qanday bog‘liq?

Bu bashoratlar bizning zamonamizda qay yo‘sin amalga oshdi?

10V RAMKASI

Oyoqqa turishimiz uchun yordam

Gohida o‘zimizni tushkun va holdan toygan his etishimiz mumkin, ammo qurigan suyaklar tirilgani haqidagi vahiy bizga kuch beradi.

11A RAMKASI

Ayrim o‘rnakli qo‘riqchilar

Ular qarshiliklarga duch kelishgan, Yahovaga sadoqatli qolishgan va ogohlantirishlaru xushxabarni e’lon qilishgan.

12A RAMKASI

Ikkita tayoqning birlashtirilishi

Ushbu tayoqlar qadimda kimlarni bildirgan va hozirgi vaqtda kimlarni bildiradi?

13A RAMKASI

Turli ma’badlar, turli saboqlar

Hizqiyoning ma’bad haqidagi vahiysi havoriy Pavlus ta’riflagan ramziy ma’baddan qanday farq qilgan?

14A RAMKASI

Hizqiyoning ma’bad haqidagi vahiysidan saboqlar

Hizqiyoning ma’bad haqidagi vahiysidan olingan qanday saboqlarni topinishda qo‘llashingiz mumkin?

15A RAMKASI

Fohisha opa-singil

Yahovaning Oxola va Oxolibo haqida aytgan so‘zlari Uning xalqimiz deb turib, muqaddas ismiga isnod keltirayotgan va pok topinishga oid me’yorlarini buzayotganlarga U qanday munosabatda ekanini oshkor etyapti.

16A RAMKASI

Bevafo Quddus xristian olamini bildiradimi?

Nega tushunchamizni o‘zgartirdik?

16B RAMKASI

Oh-nola qilish, belgi qo‘yish, qirib tashlash.Qachon va qanday?

Hizqiyo 9-bobda yozilgan vahiy zamonaning oxirini dadillik bilan qarshi olishga yordam beradi.

18A RAMKASI

Yahovaning yaqinlashib kelayotgan buyuk jang haqidagi ogohlantirishlari

Muqaddas Kitobda Xudo yakuniy jangda Unga qarshi chiqqan barchani yo‘q qilishi to‘g‘risida bashorat qilingan.

19A RAMKASI

Yahovadan barakalar keltiruvchi daryolar

Muqaddas Kitob yozilishida ishtirok etgan bir necha kishi Yahovaning barakalarini tasvirlash uchun bir xil misoldan foydalangan.

20A RAMKASI

Yurtning taqsimlanishi

Yurtning taqsimlanishi haqidagi Hizqiyoning vahiysi nafaqat Bobilda surgunda bo‘lganlarga dalda baxsh etgan, balki bugungi kunda Xudoning xalqiga ham dalda bermoqda.

21A RAMKASI

«Yerni xayr-ehson sifatida ajratinglar»

Xudo ajratib qo‘ygan yer qaysi 5 ta qismdan iborat? Ular qay maqsadga xizmat qilgan?

22A RAMKASI

Yakuniy sinov

Yakuniy sinovdan o‘tganlarni nima kutmoqda?