13-DARS
Amaliy foydasini aniq ko‘rsatish
Hikmatlar 2:7, izoh
MAQSAD. Muhokama qilinayotgan ma’lumot tinglovchilarning hayotiga qanday tegishli ekanini yoki uni qay tarzda qo‘llashlari mumkinligini tushunishlariga yordam bering.
AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI
-
Tinglovchilar haqida o‘ylang. Tinglovchilar nima sababdan bu ma’lumotga muhtoj ekani va undan qanday foyda olishi mumkinligi to‘g‘risida o‘ylang.
-
Mavzuni yoritayotganingizda tinglovchilarga qanday yo‘l tutish kerakligini ko‘rsating. Boshidanoq har bir tinglovchi: «Bu men uchun»,— degan fikrga kelishi kerak. Muhim fikrlarni yetkazganda, ularni qay yo‘sin amalda qo‘llashni aytib o‘ting. Fikrlarni umumiylashtirmang.