104-BOB
Allohning ovozini eshitgach yahudiylar unga ishonishadimi?
-
KO‘PLAR XUDONING OVOZINI ESHITADI
-
HUKM UCHUN ASOS
Dushanba, 10-nison kuni Iso ma’badda bo‘lganida, yaqinlashib kelayotgan o‘limi haqida gapiradi. Uning o‘limi Allohning ismiga isnod keltirishidan xavotirlanib: «Ota, ismingni ulug‘la»,— deydi. Shunda osmondan baland ovoz eshitiladi: «Ulug‘ladim va yana ulug‘layman». (Yuhanno 12:27, 28)
Atrofdagi odamlar hayron. Ba’zilar momaqaldiroq bo‘ldi, deb o‘ylashadi. Boshqalar esa: «U bilan farishta gaplashdi»,— deb aytishadi. (Yuhanno 12:29) Lekin bu Tangri Yahovaning ovozi edi! Shuni aytish joizki, Iso xizmatini boshlaganidan beri odamlar Xudoning ovozini bir necha marta eshitishgan.
Uch yarim yil ilgari, Iso suvga cho‘mgan paytda Yahyo Xudoning Iso haqida: «Bu Mening sevikli O‘g‘limdir, undan mamnunman»,— deganini eshitgan. Keyinchalik, mil. 32-yili Fisih bayramidan so‘ng, Isoning qiyofasi o‘zgarganini Yoqub, Yuhanno va Butrus ko‘rishadi va Allohning: «Bu Mening sevikli O‘g‘limdir, undan mamnunman. Unga quloq solinglar»,— deganini eshitishadi. (Matto 3:17; 17:5) Ammo endi, ya’ni Yahova osmondan uchinchi marta gapirganida Uning ovozini ko‘p odamlar eshitdi.
«Bu ovoz men uchun emas, sizlar uchun yangradi»,— deydi Iso. (Yuhanno 12:30) Bu voqea u chindan ham va’da qilingan Masih, Xudoning O‘g‘li ekanini tasdiqlaydi.
Allohning sadoqatli xizmatchisi bo‘lmish Isoning hayot tarzi odamlar uchun yaxshi o‘rnak bo‘lib, bu dunyoning hukmdori Shayton Iblis yo‘q qilinishga loyiq ekanini ko‘rsatib turibdi. Iso shunday deydi: «Bu dunyoni hukm qilish vaqti keldi. Endi bu dunyoning hokimi tashqariga haydab chiqariladi». Isoning o‘limi u mag‘lubiyatga uchraganidan emas, balki g‘alaba qozonganidan dalolat beradi. Nega deysizmi? Uning o‘zi quyidagicha tushuntiradi: «Men bo‘lsam yuqoriga ko‘tarilganimda, har turli insonlarni o‘zimga jalb etaman». (Yuhanno 12:31, 32) Azob ustunidagi o‘limi tufayli Iso odamlarni o‘ziga jalb qilib, abadiy hayotga yo‘l ochib beradi.
Isoning «yuqoriga ko‘tarilishini» eshitib, yig‘ilgan odamlar: «Biz Muqaddas Yozuvlardan Masih abadiy qolishi haqida eshitganmiz. Qanaqasiga siz: “Inson O‘g‘li yuqoriga ko‘tarilishi kerak”,— deb aytyapsiz? Inson O‘g‘li o‘zi kim?» — deyishadi. (Yuhanno 12:34) Barcha isbotlarga, shu jumladan, Xudoning ovozini eshitishganiga qaramay, ko‘plar Isoning chindan ham Inson O‘g‘li, va’da qilingan Masih ekaniga ishonmaydi.
Ilgarigidek, Iso yana o‘zini «nur» deb ataydi. (Yuhanno 8:12; 9:5) U xaloyiqqa: «Yana bir oz vaqt nur sizlar bilan bo‘ladi. Nur borida nurda yurib qolinglar. Tag‘in zulmat sizlarni qamrab olmasin. [...] Boshqalarga nur taratish uchun, nur borligida, shu nurga ishoning»,— deydi. (Yuhanno 12:35, 36) Keyin Iso ulardan yashirinadi, sababi, u 10-nisonda o‘lmasligi kerak. 14-nisonda, Fisih bayrami kuni uni ustunga mixlashganida u «yuqoriga ko‘tariladi». (Galatiyaliklarga 3:13)
Isoning xizmatiga nazar solib shuni ko‘rish mumkinki, yahudiylar unga ishonmasligi haqidagi bashorat amalga oshdi. Ishayoning bashoratiga ko‘ra, ularning ko‘zlari ko‘rmay, qalblari tosh bo‘ladi. Toki ular shifo olish uchun qaytib kelishmasin. (Ishayo 6:10; Yuhanno 12:40) Ha, yahudiylarning aksariyati Iso va’da qilingan Najotkor va hayot yo‘li ekanini qaysarlik bilan rad etadi.
Nikodim, arimateyalik Yusuf va «boshliqlarning ko‘pi unga ishonadigan bo‘ldi». Lekin ular ishonganlariga binoan yo‘l tutisharmikin yoki ibodatxonadan haydalishdan qo‘rqishgani Yuhanno 12:42, 43)
va «odamlarning nazarida hurmat qozonishni» ko‘proq sevishgani uchun qo‘l qovushtirib o‘tirisharmikin? (Unga ishonish nimani anglatishini Iso quyidagicha tushuntiradi: «Menga ishongan kishi, nafaqat menga, balki meni Yuborganga ham ishonadi. Meni ko‘rayotgan odam, meni Yuborganni ham ko‘rgan bo‘ladi». Iso Allohning buyrug‘i bilan odamlarga o‘rgatayotgan va e’lon qilib yurgan haqiqatlar shunchalik muhimki, u quyidagilarni aytadi: «Meni mensimay, so‘zlarimni qabul qilmagan odam uchun hakam bor. Men aytgan kalom uni oxirgi kunda hukm qiladi». (Yuhanno 12:44, 45, 48)
«Men o‘z ixtiyorim bilan gapirganim yo‘q,— deb xulosa qiladi Iso.— Aksincha, meni yuborgan Otamning O‘zi aynan nimani aytishni menga amr etgan. Uning amri mangu hayotga eltishi menga ma’lum». (Yuhanno 12:49, 50) Iso biladiki, unga ishongan odamlar hayotga ega bo‘lishi uchun yaqin orada hayotini qurbonlik sifatida fido qiladi. (Rimliklarga 5:8, 9)