81-BOB
Qaysi ma’noda Iso va Ota bir?
-
«MEN BILAN OTAM — BIRMIZ»
-
ISO XUDO EMASLIGINI AYTADI
Iso Quddusga Bag‘ishlash bayramiga (Hanukka) keldi. Bu bayram ma’badning Xudoga qayta bag‘ishlanganiga atalgan. Taxminan yuz yil oldin Suriya shohi Antiox IV Epifan Allohning ma’badidagi katta qurbongoh ustida qurbongoh qurgandi. Vaqt o‘tib, bir yahudiy ruhoniyning o‘g‘illari Quddusni qaytarib olishdi va ma’badni qaytadan Yahovaga bag‘ishlashdi. O‘shandan beri bu hodisa bayram tariqasida har yili xislav oyining 25-kunida nishonlanadi. Xislav oyi noyabr oyining oxiri va dekabr oyining boshiga to‘g‘ri keladi.
Qish fasli. Iso ma’bad yonida joylashgan «Sulaymon ravoqi» degan joyda aylanib yuradi. Bu yerda uni yahudiylar o‘rab olib, unga shunday savol berishadi: «Qachongacha bizga to‘g‘risini aytmay yurasan? Masih bo‘lsang, ochig‘ini ayt». (Yuhanno 10:22–24) Iso ularga javoban shunday deydi: «Men sizlarga aytdim, lekin sizlar ishonmayapsizlar». Ilgari Iso quduq yonida samariyalik ayolga Masih ekanini aytgan bo‘lsa ham, bu safar buni ularga ochiqdan-ochiq aytmaydi. (Yuhanno 4:25, 26) Biroq Iso: «Ibrohim dunyoga kelishidan avval men bor edim»,— deb kimligini ularga tushuntirib beradi. (Yuhanno 8:58)
Iso odamlar uning ishlarini Muqaddas Yozuvlarda bashorat qilingani bilan solishtirib, o‘zlari u Masih ekanini anglab yetishlarini istaydi. Aynan shu sababli u oldinlari shogirdlariga Masih ekanini hech kimga aytmaslikni buyurgandi. Ammo hozir unga qarshi chiqqan yahudiylarga aniq qilib Iso quyidagicha aytadi: «Otam nomidan sodir etayotgan ishlarim men haqimda shohidlik bermoqda. Ammo sizlar ishonmayapsizlar». (Yuhanno 10:25, 26)
Nega ular Isoning Masih ekaniga ishonishmaydi? Iso shunday deydi: «Sizlar ishonmayapsizlar, boisi mening qo‘ylarimdan emassizlar. Qo‘ylarim ovozimga quloq soladi. Men ularni bilaman va ular orqamdan ergashyapti. Men ularga abadiy hayotni ato etaman va ular aslo halok bo‘lmaydi. Hech kim ularni mening qo‘limdan tortib ololmaydi. Otam menga bergan odamlar barcha narsadan a’loroqdir». Keyin Iso Otasi bilan bo‘lgan yaqin munosabati haqida: «Men bilan Otam — birmiz»,— deydi. (Yuhanno 10:26–30) Ayni paytda Iso yer yuzida, Otasi esa osmonda bo‘lgani bois, u Otasi bilan tom ma’noda bir bo‘lganini nazarda tutmaydi. Aksincha, ularning maqsadi bir bo‘lib, oralarida birlik hukm surayotganini anglatadi.
Isoning so‘zlaridan g‘azabga mingan yahudiylar uni yana toshbo‘ron qilishmoqchi. Lekin Iso bundan qo‘rqmaydi. «Men Otam nomidan sizlarga ko‘p ezgu ishlarni ko‘rsatdim. Bu ishlarning qaysi biri uchun meni toshbo‘ron qilmoqchisizlar?» — deb so‘raydi u. Ular esa: «Xayrli ishlaring uchun emas, Allohni haqorat qilganing uchun toshbo‘ron qilmoqchimiz... o‘zingni xudo qilib ko‘rsatyapsan-ku»,— deya javob berishadi. (Yuhanno 10:31–33) Iso o‘zini hech qachon Xudo deb atamagan. Unda nega ular uni bunda ayblashyapti?
Iso qudratga ega ekanini aytyapti. Yahudiylarning o‘ylashicha esa bu qudrat faqatgina Xudoga xos. Masalan, u «qo‘ylar» haqida: «Men ularga abadiy hayotni ato etaman»,— degan edi. Buni hech bir inson qila olmaydi. (Yuhanno 10:28) Yahudiylar Iso bunday vakolatni Otasidan olganini ochiqchasiga aytganiga e’tibor ham berishmaydi.
Ularning soxta ayblovini rad etib, Iso shunday savol beradi: «Axir Qonuningizda [Zabur 82:6- oyatda]: “O‘zim aytdim: sizlar xudolarsiz”,— deb yozilmaganmi? Modomiki Alloh, O‘z kalomi orqali qoralagan kishilarni “xudolar” degan ekan... muqaddas qilib dunyoga yuborilgan meni, “Xudoning O‘g‘liman” deganim uchun, “Allohni haqoratlayapsan”, deyapsizlarmi?» (Yuhanno 10:34–36)
Muqaddas Yozuvlarda hatto adolatsiz hakamlar «xudolar» deb aytilgan bo‘lsa, qanday qilib yahudiylar Isoni «Xudoning O‘g‘liman», degani uchun hukm qilishlari mumkin? Iso ularni ishontirishi kerak bo‘lgan dalil keltirib: «Agar Otamning ishlarini qilmayotgan bo‘lsam, menga ishonmanglar. Agar Uning ishlarini qilayotgan bo‘lsam, Yuhanno 10:37, 38)
menga ishonmasangiz ham, bajarayotgan ishlarimga ishoning. Shunda Otam men bilan, men esa Otam bilan birlikda ekanimni bilib, tushunib olasizlar»,— deydi. (Bundan so‘ng yahudiylar Isoni tutmoqchi bo‘lishadi, lekin u yana qochib ketadi. U Quddusni tark etib, Iordan daryosining narigi tomoniga yo‘l oladi. Bu yerlarda chamasi to‘rt yil oldin Yahyo odamlarni suvga cho‘mdirishni boshlagan edi. Bu joy ehtimol, Jalila dengizining janubiy sohili yaqinida edi.
Isoning oldiga xaloyiq kelib, shunday deydi: «Garchi Yahyo birorta mo‘jiza qilmagan bo‘lsa-da, uning bu odam haqida aytgan barcha gaplari to‘g‘ri chiqdi». (Yuhanno 10:41) Natijada ko‘p yahudiylar unga ishonadi.