Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

24-DARS

Farishtalar kim va ular nima qiladi?

Farishtalar kim va ular nima qiladi?

Tangri Yahova Uning samodagi oilasi to‘g‘risida bilishimizni istaydi. Bu oilaga farishtalar, ya’ni «Tangrining... o‘g‘illari» kiradi. (Ayub 38:7) Muqaddas Kitobda ular haqida nima deyilgan? Ular odamlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Hamma farishtalar ham Xudoning oilasiga kiradimi?

1. Farishtalar kim?

Yahova farishtalarni yerni barpo qilishdan avval yaratgan. Ular ham U kabi ruhiy shaxs bo‘lib osmonda yashaydi. (Ibroniylarga 1:14) U yerda millionlab farishtalar bor va har biri o‘zgachadir. (Vahiy 5:11) Ular «[Yahovaning] amrlariga quloq solib, aytgan so‘zini ado etadi». (Zabur 103:20) Qadimda Yahova xabarini yetkazish, xalqini qo‘llab-quvvatlash va qutqarish uchun gohida farishtalarni yuborib turgan. Bugungi kunda esa farishtalar masihiylarni Xudo haqida bilimga ega bo‘lishni istaganlar oldiga yo‘naltiradi.

2. Shayton va uning jinlari kim?

Ba’zi farishtalar Yahovaga sadoqatni saqlab qolmagan. Ilk isyonkor farishta «butun yer yuzini yo‘ldan ozdirib yurgan... Iblis va Shayton deb atalgan». (Vahiy 12:9) Shayton boshqalarning ustidan hukmronlik qilishni istagani tufayli Odamato va Momohavoga ta’sir qilgan. Keyinchalik esa boshqa farishtalar ham uning isyoniga qo‘shilgan. O‘sha isyonkor farishtalar «jinlar» deb atalgan. Yahova ularni osmondan yer yuziga uloqtirdi va ular yo‘q qilinadi. (Vahiy 12:9, 12 ni o‘qing.)

3. Qay yo‘sin Shayton va jinlar bizni yo‘ldan ozdirishga urinyapti?

Shayton va jinlar ko‘plarni sehr-jodu va okkultizmning har xil turlari orqali yo‘ldan ozdirmoqda. Misol uchun, ba’zilar munajjimlarga, folbin, ekstrasens va sehrgarlarga murojaat qiladi. Boshqalar esa sehr-joduni o‘z ichiga olgan davolash usullaridan foydalanadi. Odamlar, shuningdek, marhumlar bilan muloqot qilish mumkin, deb boshqalarni aldaydi. Biroq Yahova bizni shunday deb ogohlantiryapti: «Arvoh chaqiruvchilarga murojaat qilmanglar va folbinlarga maslahat solmanglar». (Levilar 19:31) Yahova Shayton va jinlardan himoya qilish niyatida bizni ogohlantiryapti. Ular Xudoning dushmanlari va bizga zarar yetkazishni istaydi.

KO‘PROQ BILIB OLING

Farishtalar qilayotgan yaxshi ishlar, sehr-joduning xavfli tomonlari va qay yo‘sin o‘zimizni Shayton hamda jinlardan himoya qilishimiz mumkinligi to‘g‘risida bilib oling.

4. Farishtalar odamlarga Yahova to‘g‘risida bilib olishga ko‘maklashadi

Farishtalar odamlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va’z qilmaydi. Ammo ular Xudoning xizmatchilarini U haqida bilib olishni istaganlarning oldiga yo‘naltirishi mumkin. Vahiy 14:6, 7 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Nega va’z qilganda farishtalarning yordamiga muhtojmiz?

  • Farishtalar sizni Muqaddas Kitob haqida bilishni istaganlarning oldiga yo‘naltirishi mumkinligini bilishdan dalda olyapsizmi? Nega?

5. Sehr-joduni rad qiling

Shayton va jinlar Yahovaning dushmanlari. Demak, ular bizning ham dushmanlarimiz. Luqo 9:38–42 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Qay yo‘sin jinlar odamlarga ta’sir qilmoqda?

Jinlar bizga ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yishni xohlamaymiz. Qonunlar 18:10–12 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Jinlar qaysi yo‘llar orqali bizga ta’sir qilishga va biz bilan muloqot qilishga intilmoqda? Sizning hududingizda ular bilan bog‘liq qaysi narsalar keng tarqalgan?

  • Sizningcha, Yahova sehr-jodu bilan bog‘liq narsalarni taqiqlayotgani oqilonami? Nima uchun?

VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Sizningcha, Palesaning qizi taqqan tumor xavfli edimi? Nega?

  • Palesa jinlardan himoyalanish uchun nima qilishi kerak edi?

Isoning haqiqiy izdoshlari doim jinlarga qarshi turib kelgan. Havoriylar 19:19 va 1 Korinfliklarga 10:21 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Nega sehr-jodu bilan bog‘liq har qanday narsani yo‘q qilish o‘ta muhim?

6. Shayton va uning jinlariga qarshi kurashda g‘alaba qozoning

Jinlarni Shayton boshqaradi. Sadoqatli farishtalarni esa bosh farishta Mikoil yo‘naltiradi. Bu Isoning boshqa ismi. Xo‘sh, Mikoil qanchalik qudratli? Vahiy 12:7–9 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Kim qudratliroq: Mikoil va uning farishtalarimi yoki Shayton hamda uning jinlarimi?

  • Nima deb o‘ylaysiz, Isoning izdoshlari Shayton va uning jinlaridan qo‘rqishi kerakmi?

Shayton hamda jinlarga qarshi kurashda g‘alaba qozona olasiz. Yoqub 4:7 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Shayton va jinlardan o‘zingizni qanday himoya qila olasiz?

BA’ZILARNING FIKRI: «Sehr-jodu bilan bog‘liq o‘yinlarni o‘ynashning yoki filmlarni tomosha qilishning yomon joyi yo‘q. Bu shunchaki vaqtichog‘lik».

  • Nima uchun bunday nuqtai nazar xavfli?

XULOSA

Sadoqatli farishtalar bizga yordam beryapti. Shayton va uning jinlari esa Yahovaning dushmanlari bo‘lib, sehr-jodu orqali odamlarni yo‘ldan ozdiryapti.

Takrorlash

  • Qay yo‘sin Yahovaning farishtalari odamlarga U haqda bilib olishga ko‘maklashyapti?

  • Shayton va uning jinlari kim?

  • Nima uchun sehr-jodudan yiroqda bo‘lishni xohlayapsiz?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

Iso bosh farishta Mikoil ekanining isbotlarini bilib oling.

«Bosh farishta Mikoil kim?» (Veb-maqola)

Iblis real shaxs ekanining isbotlariga diqqat qarating.

«Iblis chindan ham mavjudmi?» (Veb-maqola)

Bir ayol jinlarning ta’siridan qanday qutulgani haqida o‘qib ko‘ring.

«U hayot mazmunini topdi» («Qo‘riqchi minorasi» 1-iyul, 1993)