14- DARS
Qay yo‘sin topinishimiz Xudoga ma’qul kelishi mumkin?
Oldingi darsdan ko‘rganimizday, hamma dinlar ham Xudoga ma’qul emas. Ammo Yaratuvchimizga Uni mamnun qiladigan tarzda topinishimiz mumkin. Unga ma’qul keladigan «topinish» nima degani? (Yoqub 1:27) Muqaddas Kitobda bu haqda nima deyilganiga diqqat qarating.
1. Xudoga ma’qul tarzda topinishni qanday o‘rganishimiz mumkin?
Buni Kalomdan bilib olsak bo‘ladi. Iso Xudoga shunday degan: «Sening kaloming — haqiqat». (Yuhanno 17:17) Ba’zi dinlar Xudoning ilhomlantirilgan Kalomidagi, ya’ni Muqaddas Kitobdagi haqiqatni nazariga ilmayapti. Ular uni insoniy ta’limot-u urf-odatlar bilan almashtiryapti. Lekin Yahova amrlarini «bekor qilayotganlardan» mamnun emas. (Mark 7:9 ni o‘qing.) Topinishimiz Kalomga asoslansa va undagi maslahatlarga amal qilsak, Xudoni quvontiramiz.
2. Yahovaga qay yo‘sin topinishimiz kerak?
Faqat Yahovaga topinishimiz darkor. Chunki U Yaratuvchimizdir. (Vahiy 4:11) Bu hech qanday but, tasvir va sanamdan foydalanmay, faqat Xudoni sevish va Unga topinish kerakligini anglatadi. (Ishayo 42:8 ni o‘qing.)
Topinishimiz «muqaddas, Xudoga ma’qul keladigan» bo‘lishi darkor. (Rimliklarga 12:1) Bu Uning axloqiy me’yorlari bo‘yicha yashashimiz kerakligini bildiradi. Masalan, Yahovani sevadiganlar Uning nikoh borasidagi me’yorlarini qadrlaydi va ularga amal qiladi. Ular zararli odatlardan, masalan, tamaki, nos va chilim chekishdan yoki giyohvand moddalardan noto‘g‘ri foydalanishdan yo spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilishdan qochadi a.
3. Nega Yahovaga imondoshlar bilan birga topinishimiz kerak?
Har haftadagi uchrashuvlarimiz «jamoat ichra... Yahovani madh etish» imkonini beradi. (Zabur 111:1, 2) Buning bir yo‘li Tangriga madhlar, ya’ni hamd-u sanolar kuylash. (Zabur 104:33 ni o‘qing.) Yahova yig‘ilishlarga borishimizni istaydi, chunki U bizni sevadi va ular bizga hayotdan toabad zavqlanishimizga yordam berishini biladi. O‘zaro dalda berish uchun yig‘ilganimizda foyda olamiz.
KO‘PROQ BILIB OLING
Tasvirlardan foydalanib topinishni Yahova nega ma’qul ko‘rmasligiga e’tibor bering. Xudoni madh etishimiz mumkin bo‘lgan muhim yo‘llarni bilib oling.
4. Topinishimizda tasvirlardan foydalanmasligimiz kerak
Bunday qilish Xudoni ranjitishini qayerdan bilamiz? VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:
-
Qadimda Xudoning ba’zi xizmatchilari butdan foydalanib Unga topinmoqchi bo‘lganida, nima yuz bergan?
Ba’zilar topinishda butdan foydalanib, o‘zini Xudoga yaqinroq his etishni istaydi. Biroq bunday qilish aslida ularni Xudoga yaqinlashtiradimi? Chiqish 20:4–6 va Zabur 106:35, 36 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:
-
Odamlar Xudoga topinishda qanday narsalar yoki tasvirlardan foydalanganini ko‘rgansiz?
-
Tasvirlardan foydalanishga nisbatan Yahovaning munosabati qanday?
-
Sizningcha, topinishimizda tasvirlardan foydalanish to‘g‘ri bo‘larmidi? Nega bunday fikrdasiz?
5. Faqat Yahovaga topinish bizni soxta g‘oyalardan ozod qiladi
Yahovaga ma’qul tarzda topinish qay yo‘sin bizni soxta g‘oyalardan ozod qilishi mumkinligini bilib oling. VIDEONI tomosha qiling.
Zabur 91:14 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:
-
Yahovaga bo‘lgan sevgimizni faqat Unga topinish orqali ko‘rsatganimizda, U biz uchun nima qilishni va’da beryapti?
6. Yig‘ilishlarda Xudoga topinamiz
Yig‘ilishlarda sharh berganda va hamd-u sano kuylaganda, Yahovani madh etamiz va bir-birimizni mustahkamlaymiz. Zabur 22:22 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:
-
Yig‘ilishlarda sharhlarni eshitish sizga yoqadimi?
-
Siz ham sharh berishni xohlarmidingiz?
7. Bilib olayotganlarimizni boshqalarga aytganimizda, Yahova mamnun bo‘ladi
Muqaddas Kitobdagi haqiqatlarni boshqalar bilan bo‘lishishning ko‘pgina imkoniyatlari bor. Zabur 9:1 va 34:1 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:
-
Muqaddas Kitobdan bilib olgan qaysi fikrni boshqa kishiga aytib bermoqchisiz?
BA’ZILARNING FIKRI: «Har bir inson Xudoga qanday topinishni o‘zi hal qiladi».
-
Siz nima deb o‘ylaysiz?
XULOSA
Faqat Yaratuvchimizga topinish, Uni yig‘ilishlarda madh etish va bilib olayotganlarimizni boshqalar bilan bo‘lishish orqali Uni mamnun qilamiz.
Takrorlash
-
Qay yo‘sin Xudoga ma’qul tarzda topinishni o‘rganishimiz mumkin?
-
Nega faqat Yahovaga topinishimiz lozim?
-
Nima uchun Xudoni mamnun qilishni istaganlar bilan birga topinishimiz kerak?
QO‘SHIMCHA MANBALAR
«Endi butlarning quli emasman» tarjimai holidan qay yo‘sin bir ayol butparastlikdan ozod bo‘lgani haqida o‘qib ko‘ring.
«Muqaddas Kitob hayotni o‘zgartiradi» («Qo‘riqchi minorasi» 1-iyul, 2011)
Jamoatda sharh berishingizga nima ko‘maklashishi mumkinligini bilib oling.
«Jamoat ichra Tangri Yahovaga hamd-u sano ayting» («Qo‘riqchi minorasi» yanvar, 2019)
Yig‘ilishlarga borish oson kechmagan bo‘lsa-da, qay yo‘sin bir yigit ulardan foyda olganiga diqqat qarating.
Ko‘plarning fikricha, xoch xristian olami bilan bog‘liq. Topinishda undan foydalanishimiz kerakmi?
«Nega Yahovaning Shohidlari topinishda xochdan foydalanishmaydi?» (Veb-maqola)
a Bu mavzular keyingi darslarda ko‘rib chiqiladi.