Ofatlar umid berar
Ofatlar umid berar
«Oxirzamonda nihoyatda og‘ir vaqtlar keladi» (2 TIMO‘TIYGA 3:1)
QACHONDIR ushbu voqealarni eshitgan yoki ko‘rganmisiz?
● Halokatli kasallik tarqalishi oqibatida ko‘plar halok bo‘ladi.
● Ochlik yuzlab kishilarning yostig‘ini quritadi.
● Zilzila dastidan minglab odamlar nobud bo‘lib, uysiz qoladi.
Keyingi sahifalarda insonni o‘ylantirib qo‘yadigan bu kabi voqealar bilan tanishasiz. Shuningdek, «oxirzamon» deb atalgan bu davr haqida Muqaddas Kitobda bashorat qilinganini bilib olasiz.
Bu maqolalarning maqsadi sizni muammolarga to‘lib-toshgan dunyoda yashayotganimizga ishontirish emas. Hoynahoy o‘zingiz ham ularni boshdan kechirayotgandirsiz. Ularning maqsadi sizga umid berishdan iborat. Ularda oltita bashorat amalga oshishi bilan «oxirzamon» deb atalgan davr yaqinda o‘z nihoyasiga yetishi ko‘rsatiladi. Ushbu maqolalar turkumida kunday ravshan bo‘lgan dalillarni inkor etadigan e’tirozlar ko‘rib chiqiladi va nega hayot yaxshilanishiga umid qilishimiz mumkinligi tushuntiriladi.