3. O‘latlar
3. O‘latlar
«O‘latlar bo‘ladi» (LUQO 21:11)
● Fuqarolar urushi ketayotgan Afrika mamlakatlarining birida Bonzali ismli tibbiyot xodimi Marburg virusi kasalligidan a o‘layotgan konchilarni qutqarayotgan edi. Ammo qo‘lidan ko‘p narsa kelmasdi. Katta shahardagi mansabdor shaxslardan yordam so‘ragani natija bermadi. Yordam to‘rt oydan keyin yetib keldi, lekin bu paytga kelib Bonzali konchilarning hayotini qutqarayotib ulardan Marburg virusini yuqtirib oldi va halok bo‘ldi.
FAKTLAR NIMANI KO‘RSATYAPTI? Pastki nafas yo‘llari infeksiyalari (masalan zotiljam), ich ketish kasalliklari, OIV va OITS, sil kasalliklari hamda bezgak insoniyatga ko‘p ziyon keltiradigan xastaliklar hisoblanadi. Birgina 2004-yilning o‘zida ushbu besh toifadagi kasallik 10,7 million inson hayotiga zomin bo‘ldi. Boshqacha aytganda, bir yil ichida har uch soniyada bitta odam halok bo‘lgan.
KENG TARQALGAN E’TIROZ. Dunyo aholisi o‘sishda davom etmoqda, shu sababli kasallanish holatlari ham ortmoqda.
CHINDAN HAM SHUNDAYMI? Dunyo aholisi shiddat bilan o‘sib bormoqda. Ammo kasallikni aniqlash, nazorat qilish va davolashda ham odamlar ko‘p yutuqlarga erishdi. Mantiqan fikr yuritadigan bo‘lsak, taraqqiyot tufayli kasalliklar ortga chekinishi kerak emasmi? Lekin hayotda buning aksi bo‘lib chiqyapti.
SIZ QANDAY FIKRDASIZ? Odamlar dahshatli kasalliklardan azob chekishi haqidagi Muqaddas Kitob bashorati amalga oshyaptimi?
Zilzilalar, oziq-ovqat yetishmovchiligi va o‘latlar — millionlab odamlarning yostig‘ini quritayotgan qiyofasiz kuchlardir. Biroq bundan ham ko‘proq odamlar ularni himoya qilishi kerak bo‘lgan insonlar qo‘lidan aziyat chekmoqda. Muqaddas Kitobda bu haqda nima deyilganiga bir qarang.
[Izoh]
a Marburg virusi kasalligi Ebola kabi virus keltirib chiqaradigan gemorragik isitma xastaligidir.
[6- sahifadagi matn parchasi]
«Sher yoki biror boshqa yirtqichga yem bo‘lish qo‘rqinchli, biroq sizni ichingizdan dahshatli kasallik yemirib borishi va bu holat atrofingizdagi odamlar bilan yuz berayotganini ko‘rish undan ham qo‘rqinchliroqdir». (EPIDEMIOLOG MAYKL OSTERXOLM)
[6- sahifadagi rasm manbai]
© William Daniels/Panos Pictures