Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

ALG‘OV-DALG‘OV DUNYODA

3 Yaqinlaringiz bilan munosabatlaringizni mustahkamlang

3 Yaqinlaringiz bilan munosabatlaringizni mustahkamlang

NEGA BU MUHIM?

Dunyodagi qiyinchiliklar dastidan ko‘p odamlar xavotirga tushyapti. Natijada ularning orasidagi oqibat yo‘qolyapti.

  • Odamlar do‘stlaridan uzoqlashib ketyapti.

  • Er-xotinlarning bir-biridan ko‘ngli soviyapti.

  • Ota-onalar farzandlarining tashvishlariga kam yoki umuman e’tibor qaratishmayapti.

Nimani bilishingiz kerak?

  • Do‘stlaringiz ayniqsa qiyin paytlarda jismoniy va hissiy salomatligingizni asrashga ko‘maklasha oladi.

  • Dunyo alg‘ov-dalg‘ov bo‘layotgani dastidan yuzaga keladigan stress oilangizda kutilmagan muammolar tug‘dirishi hech gap emas.

  • Salbiy yangiliklar farzandlaringizga siz o‘ylaganingizdan ham kuchliroq ta’sir qilishi mumkin.

Hozir nima qilishingiz mumkin?

Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Chin do‘st hamma vaqt sevadi, og‘ir damda birodariga tayanch bo‘ladi». (Hikmatlar 17:17)

Sizga tayanch bo‘ladigan va yaxshi maslahatlar bera oladigan do‘stingizni ko‘z oldingizga keltiring. Bunday odam borligini bilishning o‘zi kundalik muammolar bilan kurashishingizga kuch baxsh etadi.