Alg‘ov-dalg‘ov dunyoda muammolarni qanday yengishingiz mumkin?
Dunyodagi muammolar sizga har qachongidan ham ko‘proq ta’sir qilayotganini sezyapsizmi? Siz yashayotgan joyda quyidagilar ro‘y beryaptimi?
Qurolli to‘qnashuvlar
Epidemiyalar
Tabiiy ofatlar
Kambag‘allik
Yuzxotirchilik
Jinoyat
Ko‘p odamlar ularning hayotida qandaydir mudhish voqea yuz bersa, shokni va umidsizlikni boshdan kechiradi. Ayrimlar hatto hissiy befarqlik holatiga tushib qoladi. Lekin bunday holatning uzoq davom etishi vaziyatni chigallashtiradi, xolos.
Dahshatli voqea yuz berganda yaqinlaringiz va sog‘lig‘ingizni asrash, umidingizni yo‘qotmaslik, pulingizni tejash va bor narsalaringizni saqlash uchun nimadir qilishingiz kerak bo‘ladi.
Dunyodagi muammolar sizga kamroq ta’sir qilishi uchun hozirning o‘zida nima qila olasiz?