Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

STRESSDAN OZOD BO‘LISH

Stressdan xoli hayot kechirishning iloji bor

Stressdan xoli hayot kechirishning iloji bor

Muqaddas Kitob taqdim etayotgan donolik ortiqcha stressdan qochishimizga yordam beradi. Albatta o‘z kuchimiz bilan stressdan butunlay qutula olmaymiz. Biroq bu Yaratuvchimizning qo‘lidan keladi. U hattoki bunda bizga yordam berish uchun bir shaxsni tayinlagan. Bu Iso Masihdir. U yer yuzida bo‘lganida ko‘plab mo‘jizalar yaratgan. Yaqinda esa u dunyo miqyosida bundan-da ajoyib ishlarni amalga oshiradi. Masalan:

YER YUZIDA BO‘LGANIDA KO‘RSATGANIDAY, ISO KASALLARGA SHIFO BERADI.

«Uning oldiga har xil kasalliklardan azob chekayotganlarning... barini olib kelishardi va Iso ularga shifo berardi». (MATTO 4:24)

ISO BARCHANI UY-JOY VA OZIQ-OVQAT BILAN TA’MINLAYDI.

«Ular [Masihning boshqaruvi ostidagilar] uylar qurib, bu uylarda yashaydi, uzumzorlar barpo etib, hosilidan yeydi. Ular qurgan uylarda o‘zgalar yashamaydi, ular ekkan narsalarni boshqalar yemaydi». (ISHAYO 65:21, 22)

ISONING BOSHQARUVI BUTUN DUNYOGA TINCHLIK VA XAVFSIZLIK KELTIRADI.

«U shohlik qilgan davrda adolat gullab-yashnaydi, oy bor ekan, hamma yerda tinchlik-osoyishtalik bo‘ladi. Dengizdan dengizga qadar, Furotdan yerning chekkalariga qadar u hukmronlik qiladi... Dushmanlari tuproq yalaydi». (ZABUR 72:7–9)

ISO ADOLATSIZLIKKA CHEK QO‘YADI.

«Xokisor va kambag‘alga joni achiydi, faqirning hayotini saqlab qoladi. Jabr-zulmdan ularni xalos qiladi». (ZABUR 72:13, 14)

ISO HATTO AZOB-UQUBAT VA O‘LIMNI HAM YO‘Q QILADI.

«O‘lim, motam, faryod va og‘riq boshqa bo‘lmaydi». (VAHIY 21:4)