«U charchaganga kuch... ato etadi»
2018- yilning oyati: Yahovaga umid bog‘laganlar qaytadan kuchga to‘ladi. ISHAYO 40:31
QO‘SHIQLAR: 23, 51
1. Qanday qiyinchiliklarga duch kelishimiz mumkin, lekin nega Yahova sadoqatli xizmatchilaridan mamnun? (Ochqich oyatning yuqorisidagi rasmga qarang.)
USHBU zamonadagi hayot tashvishlardan xoli emasligini bilasiz. Aziz birodaru opa-singillar, ko‘plaringiz jiddiy kasalliklar bilan kurashib kelayotganingizni Tangri Yahova biladi. Boshqalar yoshi o‘tib borayotganiga qaramay, keksa qarindoshlariga g‘amxo‘rlik qilyapti. Yana birovlar esa, ortiqcha narsalar u yoqda tursin, oilasining asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun zo‘r berib ishlayapti. Ko‘plaringiz bir paytning o‘zida ushbu muammolarning barchasi bilan kurashayotganingizni bilamiz. Bu ancha vaqt va hissiy kuchingizni oladi, pul haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Ammo Yahova sizga yordam berishiga ishonchingiz komil. Vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarishiga ishonasiz, chunki buni Yahova va’da qilgan. Bunday imoningiz Yahovani rosa quvontiradi!
2. Ishayo 40:29 dagi so‘zlardan qanday dalda olamiz, ammo qanaqa jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishimiz mumkin?
2 Ba’zida hayotdagi qiyinchiliklar sizni holdan toydirganini sezganmisiz? Agar shunday bo‘lsa, siz yolg‘iz emassiz. Xudoning sadoqatli xizmatchilari ham o‘zlarini tez-tez kuchsiz his qilgani to‘g‘risida Muqaddas Kitobdan o‘qiymiz. (3 Shoh. 19:4; Ayub 7:7) Lekin ular taslim bo‘lishmagan, aksincha, Yahovadan kuch izlashgan. Ularning umidi puchga chiqmagan, sababi Xudoyimiz «charchaganga kuch... ato etadi». (Ishayo 40: 29) Afsuski, bugungi kunda Xudoning ba’zi xizmatchilari muammolarni yechishning eng yaxshi yo‘lini izlab «haqiqatdan dam olmoqchi» bo‘lishdi. Ularning aytishicha, ma’naviy ishlar baraka emas, balki yukdir. Shayton umid qilganiday, bu imondoshlarimiz Muqaddas Kitobni o‘qimay qo‘yishyapti, yig‘ilishlarni qoldirishyapti va xizmatda ishtirok etishmayapti.
3. a) Qanday qilib Shayton bizni susaytirishiga qarshi tura olamiz? b) Ushbu maqolada nimani muhokama qilamiz?
3 Iblis shuni biladiki, ma’naviy ishlar bilan band bo‘lish bizni mustahkamlaydi. U esa kuchli bo‘lishimizni istamaydi. Jismonan va hissan charchaganingizda Yahovadan uzoqlashmang. Unga har qachongidan ham yaqinlashing, shunda U sizni «mustahkam va kuchli qilib qo‘yadi». (1 Butr. 5:10; Yoqb. 4:8) Ushbu maqolada, xizmatimiz susayishiga sabab bo‘ladigan ikkita vaziyatni hamda bunda Muqaddas Kitobdagi prinsiplar bizga qanday yordam berishi mumkinligini muhokama qilamiz. Avvaliga, keling, Ishayo 40:26–31 dagi so‘zlar Yahova bizga kuch ato etishini qay yo‘sin ko‘rsatayotganiga diqqat qarataylik.
YAHOVAGA TAYANGANLAR QAYTA KUCH OLADI
4. Ishayo 40:26 dan qanday saboq olishimiz mumkin?
4 Ishayo 40:26 ni o‘qing. Koinotda nechta yulduz borligini hech kim sanay olmagan. Olimlarning fikricha, Somon yo‘li galaktikasining o‘zida 400 milliardan oshiq yulduz bor. Biroq Yahova ularning har biriga nom bergan. Bundan qanday saboq olsak bo‘ladi? Agar Yahova jonsiz ijodlariga shunday qiziqish ko‘rsatsa, Unga majburlikdan emas, sevganingiz uchun xizmat qilayotgan sizni kam ko‘rarmidi?! (Zab. 19:1, 3, 14) Aziz Otamiz sizni juda yaxshi biladi. Muqaddas Kitobda «sochlaringizning har bir tolasi sanalgan», deb aytilgan. Yahova ularning sonini biladi. (Mat. 10:30) Qolaversa, sano bastakori bizni quyidagicha ishontirmoqda: «Yahova benuqson kishilarning hayot yo‘lini biladi». (Zab. 37: 18) Ha, Xudo qiyinchiliklaringizga befarq emas va ularning har birini yengib o‘tishingiz uchun sizga kuch bera oladi.
5. Yahova bizga kuch bera olishiga qay yo‘sin amin bo‘lishimiz mumkin?
5 Ishayo 40:28 ni o‘qing. Yahova faol qudrat Manbaidir. Masalan, U faqatgina quyoshga qancha energiya berishi borasida o‘ylab ko‘ring. Deyvid Bodanis ismli yozuvchi-olimning kuzatuvlariga ko‘ra, «quyosh har soniyada chiqaradigan energiya milliardlab atom bombalarining portlashiga teng». Boshqa tadqiqotchining hisobiga binoan, quyosh «bir soniyada chiqaradigan energiya... odamzodga 200 000 yilga yetadi». Quyoshga shunday «yonilg‘i» beradigan Zot bizga ham muammolarimizni yenga olishimiz uchun kuch berishidan shubhalanmasak bo‘ladi.
6. Qaysi ma’noda Isoning bo‘yinturug‘i qulay va buni bilish bizga qanday ta’sir qiladi?
6 Ishayo 40:29 ni o‘qing. Yahovaga xizmat qilish ko‘p quvonch keltiradi. Iso shogirdlariga: «Mening bo‘yinturug‘imni olinglar»,— degan. Keyin davom etib: «Jonlaringiz rohat topadi. Zero mening bo‘yinturug‘im qulay va yukim yengildir»,— deb aytgan. (Mat. 11: 28–30) Bu naqadar haq so‘zlar! Gohida yig‘ilishga ketayotib yoki xizmatga chiqayotib o‘zimizni charchagan his qilishimiz mumkin. Ammo qaytayotganda o‘zimizni qanday his etamiz? Biz dalda olgan va qiyinchiliklar bilan kurashishga yanada yaxshiroq tayyorlangan bo‘lamiz. Darhaqiqat, Isoning bo‘yinturug‘i chindan ham qulaydir!
7. Matto 11:28–30 dagi so‘zlar haq ekanini ko‘rsatuvchi misollar keltiring.
7 Bir imondoshimiz, deylik ismi Kayla, surunkali charchash sindromi, depressiya va migren (qattiq bosh og‘riqlari) bilan kurashadi. Shu bois, ba’zida u yig‘ilishlarga borishga qiynaladi. Ammo u jamoat uchrashuviga borishga harakat qildi va keyin quyidagicha yozdi: «O‘shanda tushkunlik haqida nutq bo‘ldi. Birodar hamdardlik ila qayg‘urib gapirganidan ko‘zlarim yoshlandi. Bu, uchrashuvlarni qoldirmasligim kerakligini eslatdi». U yig‘ilishga borish uchun harakat qilganidan juda xursand edi.
8, 9. Pavlus: «Zaif bo‘lganimda, kuchliman»,— deb aytganida, nimani nazarda tutgan?
8 Ishayo 40:30 ni o‘qing. Qanchalik qobiliyatli bo‘lmaylik, o‘z kuchimiz bilan qila oladigan ishlar sanoqlidir. Biz quyidagi misoldan saboq olishimiz mumkin. Havoriy Pavlus qobiliyatli kishi bo‘lgan bo‘lsa-da, doim ham istagan narsalarining barchasini qila olmagan. Pavlus o‘z tashvishlarini Xudoga aytganida, U shunday javob bergan: «Mening qudratim zaif bo‘lganingda kamol topadi». Pavlus Yahova nima demoqchi ekanini tushungan. Shuning uchun ham u: «Zaif bo‘lganimda, kuchliman», — deb aytgan. (2 Kor. 12:7–10) Xo‘sh, u nimani nazarda tutgan?
9 Havoriy Pavlus shuni tushunganki, u o‘z kuchi bilan ozgina narsani qila olardi. Xudoning muqaddas ruhi Pavlusga u muhtoj bo‘lgan kuchni berishi mumkin edi. Shuningdek, u o‘z kuchi bilan hech qachon qila olmaydigan vazifalarni muqaddas ruh yordamida bajargan. Biz bilan ham xuddi shunday. Kuchimiz manbai Yahova bo‘lsa, biz albatta mustahkam bo‘lamiz.
10. Qay yo‘sin Yahova Dovudga qiyinchiliklarini yengib o‘tishga ko‘maklashgan?
10 Sano bastakori Dovud ham muqaddas ruh ta’sirini o‘zida tez-tez his etgan. U shunday deb kuylagan: «Sening yordaming bilan bosqinchilar to‘dasiga hujum qilaman, Allohning qudrati ila devordan oshib o‘taman». (Zab. 18:29) Hayotimizda ba’zi muammolarimiz o‘z kuchimiz bilan «oshib o‘tish» qiyin bo‘lgan devorlar kabi bo‘lishi mumkin. Shunda biz Yahovadan yordam izlashimiz lozim.
11. Muammolarimiz bilan kurashishda muqaddas ruhning o‘rni qanday?
11 Ishayo 40:31 ni o‘qing. Burgut faqat o‘zining kuchi bilangina uzoq masofaga parvoz qilmaydi. Issiq havo oqimi unga ko‘tarilishga yordam berib, ko‘p kuch sarflamaslik imkonini yaratadi. Siz ham yechimi yo‘qdek tuyulgan muammoga duch kelganingizda, burgutni eslang. Yahovaga iltijo qilib «yordamchi, ya’ni... muqaddas ruh» sizga «ko‘tarilishga» ko‘maklashishini so‘rang. (Yuhan. 14:26) Yaxshiyamki, Yahova O‘z ruhini bizga har qachon — kuniga 24 soat — berishi mumkin. Ayniqsa, jamoatning qaysidir a’zosi bilan kelishmovchilik yuz bersa, Xudoning yordamiga muhtoj ekanimizni sezamiz. Ammo nima sababdan bunday kelishmovchiliklar yuzaga keladi?
12, 13. a) Nima uchun masihiylar orasida kelishmovchiliklar bo‘lib turadi? b) Yusufning misolidan Yahova haqida nimani bilib olyapmiz?
12 Nomukammal bo‘lganimiz uchun kelishmovchiliklar paydo bo‘ladi. Buning ustiga, imondoshimizning gaplari yo harakatlari jahlimizni chiqarishi yoki biz uning achchig‘ini keltirishimiz mumkin. Bu jiddiy sinovga aylanishi hech gap emas. Ammo bu Yahovaga bo‘lgan sadoqatimizni isbotlashga imkon beradi. Qanday qilib? Imondoshlarimiz bilan yakdillik ila hamkorlik qilishni o‘rganib buni namoyon eta olamiz. Ular nomukammal bo‘lishiga qaramay Yahova ularni sevar ekan, biz ham Unga taqlid qilishimiz kerak.
13 Yusufning misolida shuni ko‘rishimiz mumkinki, Yahova xizmatchilarini sinovlardan saqlab qolmaydi. Hasadchi akalari uni yosh bo‘lganida qullikka sotib yuborishdi va Yusuf Ibt. 37:28) Yahova nimalar bo‘layotganini ko‘rgan va shubhasiz, Uning do‘sti, odil Yusuf bilan qanday munosabat qilganlarini kuzatib qalbi og‘ridi. Lekin U vaziyatga aralashmadi. Keyinchalik Yusuf Po‘tifarning xotinini zo‘rlamoqchi ekanlikda ayblanib zindonga tashlanganida ham Yahova uni qutqarmadi. Yahova Yusufni tark etganmidi? Yo‘q, aksincha «Yahova uning har bir ishiga rivoj berardi». (Ibt. 39:21–23)
Misrga olib ketildi. (14. Qahru g‘azabni o‘zimizdan «soqit qilib» qanday foyda olamiz?
14 Yana bir misolni ko‘rib chiqaylik. Kamdan-kam odam Dovud singari yomon munosabatga duch kelgan bo‘lsa kerak. Lekin Xudoning bu do‘sti qahr-g‘azab uni yengishiga yo‘l qo‘ymadi. Aksincha, u quyidagicha yozgan: «Qahru g‘azabni o‘zingdan soqit qil, jahlga berilib, yomon ishlarga yuz burma». (Zab. 37:8) Qahru g‘azabni o‘zimizdan «soqit qilishning» eng muhim yo‘li «gunohlarimizga qarab bizga muomala qilmaydigan» Xudoyimiz Yahovaga taqlid qilishdir. (Zab. 103:10) Qahr-g‘azabni «soqit qilishning» amaliy foydasi ham bor. Qahr-g‘azab yuqori qon bosimi va respirator kasalliklarga (nafas yo‘llari kasalliklari) sabab bo‘lishi mumkin. U jigar va oshqozonosti beziga ta’sir qilib, ovqat hazm qilish bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi hech gap emas. Jahlimiz chiqqanida ravshan fikrlay olmaymiz. Ustiga-ustak, ba’zida g‘azabga erk bergandan keyin uzoq vaqtli tushkunlikka tushib qolish ehtimoli bor. Bundan farqli o‘laroq, Muqaddas Kitobda: «Xotirjam yurak tanaga hayot baxsh etadi»,— deb yozilgan. (Hik. 14:30) Shunday ekan, imondoshimiz qalbimizni og‘ritganida, qanday qilib u bilan tinchlikni saqlay olamiz? Muqaddas Kitobdagi dono maslahatlarga amal qilsak, bunda muvaffaqiyatga erishamiz.
IMONDOSHLARIMIZDAN KO‘NGLIMIZ QOLGANDA
15, 16. Qalbimizni og‘ritishganda nima qilsak bo‘ladi?
15 Efesliklarga 4:26 ni o‘qing. Dunyoda qandaydir yomon munosabatga duch kelsak, bundan hayron qolmaymiz. Biroq imondoshimiz yoki oila a’zoimiz so‘zlariyu ishlari bilan qalbimizni qattiq og‘ritsa, tushkunlikka tushishimiz mumkin. Deylik, bo‘lib o‘tgan voqeani unuta olmayapmiz. Xafagarchilik uzoq yillarga cho‘zilishiga yo‘l qo‘yamizmi yoki masalani tez hal qilish borasidagi Muqaddas Kitobda yozilgan dono maslahatga amal qilamizmi? Vaziyatni hal etishni qancha orqaga sursak, imondoshimiz bilan tinchlikka erishish shuncha qiyin bo‘ladi.
16 Tasavvur qiling, qaysidir imondosh sizni xafa qildi va siz bo‘lib o‘tganlarni unuta olmayapsiz. U bilan tinch munosabatlarga erishish uchun nima qilishingiz mumkin? Avval, Yahovaga chin dildan ibodat qiling. Undan Zab. 25:14) Xudo uni sevadi. Yahova do‘stlariga mehribonlik ila munosabat qiladi va bizdan ham shuni kutadi. (Hik. 15:23; Mat. 7:12; Kolos. 4:6) Keyin nima demoqchi ekaningizni xayolan tasavvur qiling. Imondoshingiz sizni atayin xafa qildi, deb o‘ylamang. Balki bu xatodir yoki siz uni noto‘g‘ri tushungandirsiz. Qolaversa, shuni tan olingki, sizdan ham o‘tgan bo‘lishi mumkin. Masalan, suhbatni quyidagicha boshlasangiz bo‘ladi: «Ehtimol, men haddan ortiq his-tuyg‘ularga berilib ketgandirman. Lekin kecha menga gapirganingizda, men o‘zimni shunday his qildimki,..». Bordi-yu, suhbat siz o‘ylagan natijani bermasa, tinchlik o‘rnatishning boshqa yo‘llarini izlang. Shu bilan birga, u uchun Yahovaga ibodat qilib, unga baraka berishini so‘rang. Xudodan imondoshingizning yaxshi taraflariga diqqat qaratishingizga yordamlashishini iltimos qiling. Natijasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, Xudoning do‘sti, ya’ni imondoshingiz bilan tinch munosabatlarni o‘rnatish uchun qilgan samimiy harakatlaringizdan Yahova mamnun bo‘ladi.
imondoshingiz bilan yaxshi suhbat qura olishingiz uchun yordam so‘rang. U ham Yahovaning do‘stlaridan biri ekanini unutmang. (O‘TMISHNI ESLAB SIQILGANIMIZDA
17. Gunoh qilganimizda qay yo‘sin Yahova bizga yordam beradi va nega uni qabul qilishimiz lozim?
17 Ba’zilar jiddiy gunoh qilishgani tufayli o‘zlarini Yahovaga noloyiq deb bilishadi. Gunoh bizning tinchligimizni, quvonchimizni va kuchimizni olishi turgan gap. Sodir etgan gunohi tufayli qiynalgan shoh Dovud buni quyidagicha ifodalagan: «Gunohimni tan olmay sukut saqlaganimda, kun bo‘yi qilgan ohu nolamdan sillam quridi. Chunki tunu kun Sening qo‘ling zilday meni bosib turdi». Yaxshiyamki, u ma’naviy kishiday yo‘l tutdi. Dovud: «Oxiri gunohimga iqror bo‘ldim. [...] Sen xatolarimu gunohlarimni kechirding»,— deb yozgan. (Zab. 32:3–5) Agar siz ham jiddiy gunoh qilib qo‘ygan bo‘lsangiz, Yahova tiklanishingizga yordam berishga tayyor. U sizga jamoat orqali taqdim etadigan yordamni qabul qilishingiz lozim. (Hik. 24:16; Yoqb. 5:13–15) Buni orqaga surmang, axir abadiy kelajagingiz qil ustida turibdi! Biroq ancha oldin qilgan gunohingiz kechirilgan bo‘lsa-da, vijdoningiz qiynalayotgan bo‘lsa-chi?
18. O‘zini noloyiq his etganlarga Pavlusning misoli qanday yordam bera oladi?
18 Gohida havoriy Pavlus o‘tmishdagi qilmishlaridan siqilgan. U shunday deb aytgan: «Men havoriylarning eng kichigiman va havoriy deb nomlanishga ham noloyiqman, chunki Tangrining jamoatini ta’qib qilardim». Lekin davom etib u: «Xudoning inoyati bilan shu mavqega ega bo‘ldim»,— degan. (1 Kor. 15:9, 10) Yahova Pavlusni borligicha qabul qilgan hamda Pavlusdan buni tushunishini kutgan. Agar kerak bo‘lsa oqsoqollarga murojaat qilib o‘tmishdagi gunohlaringizga chin dildan iqror bo‘lgan va tavba qilgan bo‘lsangiz, Yahova sizga rahmdillik ko‘rsatishiga amin bo‘lishingiz mumkin. Shunday ekan, Yahova sizni kechirganiga ishoning va Uning kechirimini qabul qiling. (Ishayo 55:6, 7)
19. Qaysi oyat 2018- yil uchun tanlandi va nima sababdan u o‘rinli?
19 Ushbu zamona oxirlab borar ekan hayotimizda bosim kuchayishi tayin. Ammo shunda amin bo‘lingki, Yahova «charchaganga kuch, toliqqanga qudrat ato etadi». U sizga ham chiday olishingiz uchun kerak bo‘lgan barcha narsani beradi. (Ishayo 40:29; Zab. 55:22; 68:19) 2018- yil davomida har gal Yig‘ilish zaliga borganimizda va bu yil uchun tanlangan oyatdagi «Yahovaga umid bog‘laganlar qaytadan kuchga to‘ladi» degan so‘zlarni ko‘rganimizda, bu muhim haqiqat bizga eslatma bo‘lib turadi. (Ishayo 40:31)