Bilasizmi?
Tavrotdagi prinsiplar qadimgi Isroilda har kungi kelishmovchiliklarni hal qilishda qo‘l kelganmi?
BA’ZIDA ha. Bir misol haqida o‘ylab ko‘ring. Qonunlar 24:14, 15 da shunday aytilgan: «Muhtojlikda bo‘lib, kambag‘allikda yashayotgan yollanma ishchini — xoh u birodaringiz, xoh yurtingizdagi shaharlarda yashayotgan musofir bo‘lsin, aldamang. [...] Aks holda, u sizdan nolib Yahovaga faryod qiladi va siz gunoh qilganlikda aybdor bo‘lasiz».
Mil. avv. yettinchi asrga tegishli yozuvda yuqoridagi vaziyatda qilingan nola haqida o‘qiymiz. Bu yozuv Ashdod yaqinida topilgan. U yerda, ehtimol, ish haqqini to‘lamagan yer egasi haqida aytilgan. Topilgan sopol sinig‘idagi yozuvda quyidagicha deyilgan: «Bir necha kun avval xizmatkoringiz [iltimos qiluvchi] hosilni terib bo‘lgach, Shobay o‘g‘li Hoshayahu kelib xizmatkoringizning kiyimlarini olib ketdi... Kunning qizig‘ida men bilan birga ishlagan barcha boshqa ishchilar gaplarim to‘g‘ri ekanini tasdiqlashi mumkin. Men hech narsada aybdor emasman... Agar hokim xizmatkoringizga kiyimlarini qaytarib berishni o‘z burchi deb bilmasa, buni rahm-shafqat yuzasidan qiling. Xizmatkoringiz kiyimsiz ekaniga befarq bo‘lmasligingiz kerak».
Tarixchi Simon Shamaning aytishicha, bu iltimos «ishchining [kiyimlarini qaytarib olish haqidagi] nolasidan ko‘ra ko‘proq narsani anglatadi. Shuningdek, o‘sha iltimos qilgan kishi Muqaddas Yozuvlardagi ayrim qonunlarni, ayniqsa, bechoraga yomon munosabat qilmaslik to‘g‘risidagi Levilar va Qonunlarda keltirilgan amrlarni bilganga o‘xshaydi».