Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Nineviya shahrida ulkan binolar va haykallar bor edi

Bilasizmi?

Bilasizmi?

Yunusning o‘limidan so‘ng Nineviya bilan nima bo‘ldi?

TAXMINAN mil. avv. 670-yilga kelib Ossuriya dunyodagi eng katta imperiyaga aylandi. Britaniya veb-sahifasiga ko‘ra, uning hududi «g‘arbda Kiprdan boshlanib sharqda Erongacha cho‘zilgan. Muayyan vaqt davomida Misr ham uning hududiga kirgan». Uning poytaxti Nineviya bo‘lib, dunyodagi eng katta shahar hisoblangan. U yerda ko‘plab chiroyli bog‘lar, hashamatli saroylar va katta kutubxonalar bor edi. Qadimgi Nineviya devorlaridagi yozuvlarga ko‘ra, Ossuriyaning shohlariga o‘xshab shoh Ashshurbanipal ham o‘zini «jahon podshohi» deb aytgan. O‘shanda Ossuriya va Nineviya zabt etib bo‘lmaydiganday tuyulgan.

Qudratli Ossuriya jahon imperiyasi o‘shanda eng ulkan imperiya edi

Biroq Ossuriya shuhrat cho‘qqisida bo‘lganda, Zafaniyo payg‘ambar shunday deb bashorat qilgan: «[Yahova] Ossuriyani vayron qiladi, Nineviyani qaqragan sahroga aylantirib, xarob qiladi». Bundan tashqari, Noxum payg‘ambar quyidagicha degan: «Kumush-u oltinni talon-toroj qiling!.. Shahar bo‘shab, kimsasiz qoldi, vayronaga aylandi! [...] Seni ko‘rgan har kim sendan qochayotib, bunday deydi: “Nineviya xarob bo‘ldi!”» (Zaf. 2:13; Nax. 2:9, 10; 3:7) Bu bashoratlarni eshitgan odamlar quyidagicha o‘ylagandir: «Bu bo‘lishi mumkinmi? Kim ham qudratli Ossuriyani yengadi?» Ha, bu imkonsizday tuyulgan bo‘lsa kerak.

Nineviya kimsasiz yerga aylandi

Aql bovar qilmas voqea yuz berdi! Mil. avv. yettinchi asrning oxiriga kelib, Ossuriya bobilliklar va midiyaliklar tomonidan zabt etildi. Oxiri Nineviya kimsasiz qoldi, odamlarning esidan chiqib ketdi. Nyu-Yorkdagi Metropoliten san’at muzeyining bir adabiyotiga binoan, «bu shahar kimsasiz qolib, yer ostida ko‘milib ketgan. Nineviya haqida faqat Muqaddas Kitobdan bilamiz, xolos». («By the Middle Ages») Muqaddas Kitob arxeologiya jamiyatining onlayn arxivida aytilishicha, 1800-yillarning boshida qudratli Ossuriyaning poytaxti chindan ham mavjud bo‘lganini hech kim bilmasdi. Biroq 1845-yili arxeolog Ostin Genri Leyard Nineviya xarobalarida qazishma ishlarini olib borgan. Uning topilmalaridan Nineviya qudratli shahar bo‘lganini ko‘rsa bo‘ladi.

Nineviya haqidagi bashoratlarning aniq amalga oshgani hozirgi siyosiy kuchlar yakun topishi haqidagi bashoratlar ham ro‘yobga chiqishiga bizni ishontiryapti. (Don. 2:44; Vah. 19:15, 19–21)