Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

O‘quvchilarning savollari

O‘quvchilarning savollari

Iso: «Meni dunyoga tinchlik keltirgani kelgan deb o‘ylamanglar»,— deganda nimani nazarda tutgan?

Iso tinchlik xabarini e’lon qilgan. Lekin bir safar u havoriylariga shunday degan: «Meni dunyoga tinchlik keltirgani kelgan deb o‘ylamanglar. Men tinchlik emas, qilich keltirdim. Otani o‘g‘lidan, onani qizidan, qaynanani kelinidan ayirgani keldim». (Mat. 10:34, 35) Bu bilan Iso nima demoqchi bo‘lgan?

Iso oila a’zolarini bir-biridan ajratishni xohlamagan. Ammo uning ta’limotlari tufayli ba’zi oilalarda bo‘linishlar yuz berishi mumkinligini bilgan. Shuning uchun, Masihning izdoshi bo‘lib, suvga cho‘mishni istaganlar qarorining oqibati qanday bo‘lishini tushunishi kerak. Imondoshi bo‘lmagan turmush o‘rtog‘i yoki boshqa qarindoshlari ularga qarshilik ko‘rsatganida, Isoning ta’limotlariga sadoqat ila amal qilish qiyin bo‘lishi mumkin.

Muqaddas Kitob masihiylarni: «Barcha odamlar bilan tinch-totuv hayot kechiringlar»,— deb undaydi. (Rim. 12:18) Isoning ta’limotlari ba’zi oilalarda «qilich» kabi bo‘lishi mumkin. Bu oila a’zolarning biri Isoning ta’limotlarini tan olganda, qolganlari esa rad etganda sodir bo‘ladi. O‘shanda haqiqatni o‘rganayotgan kishi uchun ular «dushmanga» aylanadi. (Mat. 10:36)

Diniy e’tiqodi turlicha bo‘lgan oila a’zolar bilan yashaydigan masihiylar ba’zida Yahovaga hamda Isoga bo‘lgan sevgisi sinaladigan vaziyatga duch kelishi mumkin. Misol uchun, ularni diniy bayramni nishonlashga undashar. Shunday paytda Masihning shogirdi kimni mamnun qilishni istashini hal qilishi kerak. Iso Masih: «Mendan ko‘ra otasini yoki onasini ko‘proq sevgan kishi mening shogirdim bo‘lishga munosib emas. Mendan ko‘ra o‘g‘lini yoki qizini ko‘proq sevgan ham mening shogirdim bo‘lishga loyiq emas»,— deb aytgan. (Mat. 10:37) Albatta, u shogirdlari ota-onalarini boshqa sevmasligi kerakligini nazarda tutmagan. Aksincha, Iso shogirdlariga hayotlarida nima muhimroq ekanini aniqlashni o‘rgatgan. Imonda bo‘lmagan oila a’zolarimiz Yahovaga topinishimizga qarshilik qilsa-da, ularni sevishdan to‘xtamaymiz. Lekin Yahovaga bo‘lgan sevgi hayotimizda birinchi o‘rinda bo‘lib qoladi.

Shubhasizki, oila a’zolarning qarshiliklari kishiga og‘riq keltiradi. Ammo Isoning shogirdlari quyidagi so‘zlarni yodda tutishi kerak: «Kimki o‘zining azob ustunini ko‘tarib mening ortimdan yurmasa, shogirdim bo‘lishga arzimaydi». (Mat. 10:38) Boshqacha qilib aytganda, masihiylar oila a’zolarining qarshiliklari Isoning shogirdlari dosh berishi kerak bo‘lgan azoblardan biri ekanini tushunishi lozim. Shu bilan birga, masihiylar yaxshi xulq-atvori oila a’zolarining qalbini yumshatishiga va Muqaddas Kitobni tadqiq qilish uchun turtki bo‘lishiga umid qiladi. (1 Butr. 3:1, 2)