TAVSIYA
Tadqiq davomida yangi narsalarni bilib olishga intiling
Tadqiq o‘tkazish uchun tayyorlanayotganimizda, o‘zimizdan: «Bu tadqiqdan nimani bilib olmoqchiman?» — deb so‘rasak bo‘ladi. Lekin bu istagimiz payida bo‘lib, Yahova bizga o‘rgatmoqchi bo‘lgan narsalarga beparvo bo‘lib qolmasligimiz kerak. Xudo bizga o‘rgatmoqchi bo‘lgan narsalarga qay yo‘sin diqqatli bo‘la olamiz?
Donolik so‘rab ibodat qiling. Yahova hozir sizga nimalarni o‘rgatmoqchi ekanini tushunish uchun Undan yordam so‘rang. (Yoqb. 1:5) Ilgari bilib olgan narsalar bilan kifoyalanmang. (Hik. 3:5, 6)
Muqaddas Kitobning kuchi hayotingizga ta’sir qilishiga yo‘l qo‘ying. «Xudoning kalomi jonli». (Ibron. 4:12) Muqaddas Kitobni har safar o‘qiganimizda, Allohning jonli «kalomi» bizga turlicha ta’sir qilishi mumkin. Lekin bu biz Xudoning ta’limiga muhtoj ekanimizni tan olsakkina yuz beradi.
Yahovaning dasturxonidagi barcha narsa uchun minnatdor bo‘ling. Ma’naviy ozuqa «boy dasturxon»dagi to‘yimli taomlarga o‘xshaydi. (Ishayo 25:6) Sizga qiziqmasday tuyulgan mavzularni ham tadqiq qiling. Shunda Allohga yaxshiroq inson bo‘lishingizga yordam berishiga yo‘l qo‘yasiz va tadqiq sizga zavq keltiradi.