Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Rahbar o‘z nomidan xatni yozish uchun kotibidan foydalangani kabi, Alloh ham Muqaddas Kalomni yozishda ba’zi sadoqatli kishilardan foydalangan

Qay yo‘sin Parvardigor mehr ila bergan va’dalarini oshkor etmoqda?

Qay yo‘sin Parvardigor mehr ila bergan va’dalarini oshkor etmoqda?

Insoniyat ibtidosidan boshlab Yaratuvchimiz odamlarga O‘z xabarlarini farishtalar va payg‘ambarlar orqali yetkazgan. Bundan tashqari, Xudo O‘z xabari hamda va’dalari yozib qoldirilishiga g‘amxo‘rlik qilgan. Ushbu va’dalar kelajagimiz bilan bog‘liq. Shunday ekan, Allohning bu va’dalarini qayerdan topishimiz mumkin?

Xudoning bizga atalgan xabari Muqaddas Kitobda qayd etilgan. (2 Timo‘tiyga 3:16) Bu xabarni yozishda Alloh payg‘ambarlardan foydalangan. Qiziq, qanday qilib? U O‘z fikrlarini payg‘ambarlarning ongiga solgan. Ular esa bu fikrlarni qalamga olishgan. (2 Butrus 1:21) Buni tushunish uchun bir misolni ko‘rib chiqaylik. Agar korxona rahbari o‘zining nomidan xat yozish uchun kotibidan foydalansa, biz xatning muallifi kotib emas, rahbar ekanidan shubhalanmaymiz. Shunga o‘xshab, Alloh Muqaddas Kalomni yozishda odamlardan foydalangan bo‘lsa-da, bu Kalomning asl Muallifi Uning O‘zidir.

XUDONING KALOMI KENG TARQALGAN

Xudoning xabari juda muhimdir va Alloh uni barcha insonlar o‘qib, tushunishini xohlaydi. Bugungi kunda «har bir millat, qabila, til» vakillari Xudoning «abadiy xushxabarini» eshitish imkoniga ega. (Vahiy 14:6) Allohning barakasi bilan hozirda Muqaddas Yozuvlar to‘liq yoki qisman 3 000 dan ziyod tilga o‘girilgan bo‘lib, yer yuzidagi eng ko‘p tarqalgan kitobga aylangan.